Facebook asoschisi o‘z uyi uchun sun’iy ong yaratadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishFacebook asoschisi M.Sukerberg.
Facebook asoschisi M.Sukerberg. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi tez kunda sun’iy ong ustida ish boshlashini ma’lum qildi.

 

TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi Mark Sukerberg 2016-yilda o‘ziga uy ishlarida va ishda yaqindan ko‘mak beradigan sun’iy ong yaratish niyatida ekanini ma’lum qildi.

"2016 yilda uy ishlarida va ishda menga yaqindan yordam beradigan oddiy sun’iy ong yaratishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman", — deb yozadi Sukerberg ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Sukerberg ishni bu borada zamonaviy texnologiyalar erishgan yutuqlarni o‘rganishdan boshlamoqchi.

"So‘ngra unga ovozimni tanishni o‘rgataman. Bu unga uydagi texnikani boshqara olishi uchun kerak bo‘ladi. Sun’iy ong uyimga mehmonga kelgan do‘stlarimni yuzlariga qarab tanishni ham o‘rgatmoqchiman", — ta’kidlagan Sukerberg.

Sun’iy ongdan Sukerberg servis va yangi loyihalarni ishlab chiqishda ham foydalanishi kutilmoqda.

Facebook asoschisining tan olishicha, u har yili o‘z oldiga bitta maqsad qo‘yadi. Masalan, o‘tgan yillarda u oyiga ikkitadan kitob o‘qishni, Shimoliy Xitoy tilini o‘rganishni hamda har kuni yangi tanish orttirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 2016-yilni esa u “sun’iy yordamchi” ixtirosiga bag‘ishlamoqchi.

 

Yangiliklar lentasi
0