Rossiya Xitoyga suv yetkizib berishni taklif qildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishOltoy viloyatida suv toshqini
Oltoy viloyatida suv toshqini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loyiha bo‘yicha, chuchuk suv Rossiyaning Oltoy viloyatidan Qozog‘iston orqali Xitoyning Sinszan-Uyg‘ur avtonom viloyatiga yetkizib berish ko‘zda tutilgan.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. Moskva Pekinni Rossiyadan Xitoyga chuchuk suv yetkizib berish loyihasini muhokama qilish uchun taklif qildi, dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev.

Loyiha bo‘yicha, suv Rossiyaning Oltoy viloyatidan Qozog‘iston orqali Xitoyning Sinszan-Uyg‘ur avtonom viloyatiga yetkizib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu qaror Oltoy viloyatida har yili 70 mln kubometr ortiqcha suv hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Xitoyning Sinszan-Uyg‘ur avtonom viloyatida esa qurg‘oqchilik tez-tez bo‘lib turadi.

Yaqin kunlar ichida biz Qozog‘istonlik hamkasabalarimiz bilan ushbu masala bo‘yicha maslahatlashamiz, dedi Tkachev jurnalistlarga.

 

Yangiliklar lentasi
0