Putin koinotning eng hurmatga sazovor kishilari o‘nligidan joy oldi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YouGov xizmati tomonidan o‘tkaziladigan an’anaviy so‘rovnomaga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, dunyoning eng hurmatga sazovor kishilari o‘nligidan o‘rin oldi.

TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyoning eng hurmatga sazovor kishilari o‘nligidan joy oldi. Reyting har yili o‘tkaziladigan ijtimoiy so‘rovnoma asosida tuzilgan.

Rossiya prezidenti dunyoning eng hurmatga sazovor kishilari ro‘yxatida oltinchi pog‘onada joylashgan, undan keyingi o‘rinlardan Dalay-lama, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Facebook asoschisi Mark Sukerberg, xitoylik tadbirkor Jek Ma hamda britaniyalik futbolchi Devid Bekxemlar o‘rin olgan.

O‘tgan yili Rossiya rahbari xuddi shu reytingda o‘n birinchi pog‘onani zabt etgan edi.

​Ro‘yhatda yetakchi o‘rin uchinchi marotaba Microsoft asoschisi Bill Geytsga nasib qildi, keyingi qatorlarda AQSh prezidenti Barak Obama, XXR raisi Si Szinpin va aktor Jeki Chanlar o‘rin olishgan.

Reytingning beshinchi pog‘onasini esa britaniyalik fizik olim Stiven Xokingga nasib etdi.
Dunyoning eng hurmatga sazovor ayollari ro‘yxatida birinchilik esa amerikalik aktrisa va rejissor Anjelina Joliga nasib etdi. Undan keyin reytingda Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va AQSh prezidentligiga nomzod, demokrat, Xillari Klintonlar joy oldi.
So‘rovnoma dunyoning o‘ttizta mamlakatida o‘tkazildi. Respondentlar “Sizni kim qoyil qoldiradi?” hamda “Sizni hammadan ko‘ra zavqlantirgan inson?” degan ikki savolga javob berishgan.

Yangiliklar lentasi
0