03:06 26 May 2017
Efir
Shimoliy Koreya ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi. Arxiv surat

AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Pxenyan raketalarini tutib qolish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazdi

© REUTERS/ KCNA
Dunyoda
Havola olish
97 0 0

Oxirgi vaqtlarda Pxenyan tomonidan tez-tez ballistik raketalar sinovdan oʻtkazilishi dunyodagi hech qaysi mamlakatni befarq qoldirmayapti. Shimoliy Koreya harakatlari dunyo hamjamiyatini qattiq havotirga solmoqda.

TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik, Ivan Zaxarchenko. AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya birgalikda Shimoliy Koreya raketalarini tutib qolish boʻyicha ilk mashgʻulotlarni oʻtkazishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ularning bu harakatiga soʻnggi vaqtlarda Pxenyan tomonidan oʻtkazilayotgan yadro bombasi hamda ballistik raketalar sinovi sabab boʻlgan.

"Tinch okeani ajdari" deb nomlangan sinov mashgʻulotlari Gavay orollari yaqinida seshanba kuni oʻtkazilgan.

Mashgʻulotlarga oʻzining eng zamonaviy minatashuvchi kemalarni safarbar qilgan uch davlat ballistik raketalar uchirilishi simulyatsiyasini kuzatishgan va oʻzaro maʼlumot almashib turishgan.

Uch tomonlama mashgʻulotlar davomida ballistik raketalarni tutib qoluvchi-raketalar uchirilmagan. Shunday boʻlsa-da, Shimoliy Koreya oʻtkazilgan ushbu mashgʻulotlarga nisbatan oʻz munosabatini bildirdi.

Pxenyan AQSH, Yaponiya hamda Janubiy Koreyaning bu harakatlarini "provokatsiya" hamda "Osiyo-tinch okeani mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni buzishga intilish" sifatida qabul qilishini aytdi.

"Tinchlikni buzishga intiluvchilarga javob tariqasida Shimoliy Koreya xalqi va armiyasi toʻxtovsiz ravishda yadro qurolini takomillashtirish ustida ish olib boradi", deyiladi Pxenyan tomonidan qilingan bayonotda.

Janubiy Koreya Harbiy-Havo kuchlari vakili esa, seshanba kuni oʻtkazilgan mashgʻulotlar "mamlakat Harbiy Dengiz kuchlariga tezkor ravishda maʼlumot almashish tizimini yoʻlga qoʻyishga yordam berganini, AQSH va Yaponiya bilan uch tomonlama hamkorlik Shimoliy Koreya tomonidan boʻladigan ballistik raketa tahdidiga qarshi turish imkonini berishini" maʼlum qilgan.

Asosiy mavzular