14:17 24 Oktyabr 2017
Efir
Samolet rossiyskix VVS Su-24

Germaniya deputati: Rossiyaning Su-24 samolyoti NATO yordamida urib tushirilgan

© AP Photo/ U.S. Navy
Dunyoda
Havola olish
508 0 0

Bundestag sobiq deputati Villi Vimmer aytishiga qaraganda harbiy samolyotni urib tushirish uchun birgina qiruvchi samolyotning oʻzi yetarli emas, uni maqsadga yoʻnaltiruvchi boshqa samolyotlar ham kerak.

TOSHKENT, 29 iyul — Sputnik. Suriya osmonida Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirishda NATO samolyotlari ham ishtirok etgan, degan fikrni bildirdi Germaniyalik deputat Villi Vimmer, RIA Novosti xabariga asosan.

“Men bilgan maʼlumotga koʻra, samolyot urib tushirishda bir AQSH va bir Saudiya Arabistoni uzoq radiolokatsion aniqlash (URLA) samolyotlari qatnashgan. Rossiyaning Su-24ga oʻxshash samolyotlarni urib tushirish oson emas, buning uchun qiruvchi samolyotni maqsadga yoʻnaltirish kerak. Bu ishni faqat URLA samolyotlari amalga oshira oladi”, — dedi Villi Vimmer.

Vimmerning soʻzlariga qaraganda, amerika samolyoti Kiprdan parvozga koʻtarilgan, ikkinchi samolyot esa Saudiya Arabistonidan uchgan. Odatda, NATO samolyotlari chegara buzgan samolyotni aniqlaganda, maʼlum yoʻriqnomaga koʻra ish tutadi. Qoida buzgan samolyot  ekipaji bilan fuqaro boshqaruv organlari aloqga chiqib, unga chegara buzilganligini xabar berishadi. Ushbu choralar natija bermagan holda uchuvchini qoʻnishga majbur qilishadi.

“Suriya osmonida boʻlgan voqea esa, qabul qilingan xalqaro amaliyotga butunlay zid. Ular Rossiya samolyotini — oʻzlari xoxlagani uchun urib tushirgan”, — deb hisoblaydi Vimmer.

Deputat aytishiga koʻra, fojea kimningdir siyosiy qiziqishlari tufayli, xususan, gullab-yashnayotgan Rossiya va Turkiya munosobatlarini buzish uchun amalga oshirilgan.

Dastlab, Erdoʻgʻon Turkiya uchuvchisi yonini olgan boʻlsada, keyinchalik u uchuvchilar samolyotni urib tushirish haqidagi qarorni mustaqil qabul qilgan — deb eʼlon qildi. Bu bilan u oʻzining Moskvaga yaqin boʻlish istagini bildirdi, deb soʻzini yakunladi Vimmer.

Asosiy mavzular