14:08 16 Dekabr 2017
Efir
Izrailskiy politseyskiy

Isroillik diplomatlar Turkiyaga “avval oʻylab, keyin soʻylash”ni maslahat berishdi

© REUTERS/ Ammar Awad
Dunyoda
Havola olish
15201

Isroil TIV Turkiyaning Gʻazo mintaqasi bombardimon qilinishiga oid tanqidini “asossiz ayblovlar” deb atadi va Anqaradagi hamkasblariga bunday bayonot bilan chiqishdan oldin “ikki marta oʻylash” kerakligini maslahat berdi.

TOSHKENT, 23 avg – Sputnik. Isroil TIV Turkiyaning Gʻazo mintaqasi bombardimon qilinishiga oid tanqidini “asossiz ayblovlar” deb atadi va Anqaradagi hamkasblariga bunday bayonot bilan chiqishdan oldin “ikki marta oʻylash” kerakligini maslahat berdi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Turkiya bilan munosabatlarning izga tushishi uning asossiz ayblovlariga nisbatan jim turishimizni anglatmaydi", — deyiladi Isroil TIV bayonotida.

Turkiya ilgariroq isroilliklarni Gʻazo mintaqasida “noproportsional” kuch ishlatishda ayblagandi. Isroil HHK Sderota shahri yaqiniga Falastindan otilgan raketa tushgach jangarilar marralariga zarba bergandi. Oʻzaro zarbalar oqibatida Isroil tomonidan hech kim jabr koʻrmagan, falastinlik shifokorlar ikki nafar fuqaro yaralanganini xabar qilishgandi.

"Isroil xalqaro huquq meʼyorlari, burch va vijdoniga asosan oʻz fuqarolarini har qanday raketa hujumlaridan himoya qilishda davom etadi", — deb bayonot berdi tashqi ishlar vazirligi.

"Turkiya boshqa mamlakatlarning harbiy harakatlarini tanqid qilishdan oldin ikki marta oʻylab olishi kerak”, — deb maslahat berishdi isroillik diplomatlar.

Turkiya tashqi ishlar vazirligi oʻz bayonotida Isroil bilan munosabatlarning yaxshilanishi Falastin xalqini himoya qilish uchun toʻsiq boʻla olmasligini taʼkidladi. "Aksincha, biz Falastindagi vaziyat hamda xalqaro huquq va eng avvalo axloq meʼyorlarining Isroil tomonidan buzilishini kuzatib turishda davom etamiz", — deyiladi Turkiya TIV bayonotida.

Asosiy mavzular