02:55 23 Yanvar 2018
Efir
Vladimir Putin, arxiv surat

Putin "Bi-bi-si"ning AQSH bilan "kimoʻzar" oʻynash haqidagi savoliga javob berdi

© Sputnik/ Aleksey Nikolskiy
Dunyoda
Havola olish
Vladimir Putinning matbuot anjumani (8)
148321

"Bi-bi-si" muxbiri Rossiyaning Amerikadagi prezidentlik saylovlariga aralashuvi haqida savol berdi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Putinning matbuot-anjumanida "Bi-bi-si" muxbiri Rossiyaning armiya haqidagi gaplari ikki davlat oʻrtasida qurollanish poygasini vujudga keltirmaydimi, deya savol berdi.

"Tomonlardan biri raketalarga qarshi mudofaa shartnomasidan bir tomonlama tarzda chetlashsa va "soyabon" tashkil qilgan boʻlsa, ikkinchi tomon ham "soyabon" tashkil qilishi lozim. "Bu chaqiriqni biz oʻylab topganimiz yoʻq, shu bois bu uchun biz javob bermaymiz", — dedi Putin.

"Biz yadro bombalari tizimini mukammallashtirishda oldinga oʻtib ketdik, shu jumladan raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimini yengib oʻtishda ham. Balki shuning oʻzi AQShni oʻz yadroviy arsenalini mukammalashtirishga undagandir.

Rossiya rahbari Moskva kuchi yetmaydigan poygaga qoʻshilmasligini taʼkidlab oʻtdi.

"2021 yilga kelib bizda yangi va eng yangi qurol aslahalarning 70%i bizda boʻladi, hozirda bu koʻrsatkich 50%ni tashkil qilmoqda, biz oʻz rejalarimizni toʻliq amalga oshiramiz", — deb bayonot qildi Putin.

Xakerlar hujumi haqidagi savolga toʻxtalar ekan, Rossiya yetakchisi AQShga uyushtirilgan kiberhujumlar ortida kim turganini hech kim bilmasligini aytdi.

Putinga koʻra, ayblovlar ortida yutqazgan tomonning oʻzini oqlashga boʻlgan urinishi turibdi.

Mavzu:
Vladimir Putinning matbuot anjumani (8)
Teglar:
yadro quroli, qurol, Obama, xakerlar, Putin, AQSH

Asosiy mavzular