14:08 16 Dekabr 2017
Efir
Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman, arxiv surat

Isroil Mudofaa vaziri yahudiylarni Frantsiyani tark etishga chaqirdi

© Sputnik/ Aleksey Drujinin
Dunyoda
Havola olish
30111

"Frantsiya yahudiylariga aytadigan vaqt keldi: bu sizning mamlakatingiz emas, siz tugʻilgan yer ham emas, u yerdan ketish vaqti keldi", - deya bayonot qildi Isroil Mudofaa vaziri

TOSHKENT, 27 dek — Sputnik. Isroil Mudofaa vaziri Avigdor Liberman Frantsiyada yashovchi yahudiylarni mamlakatni tark etishga chorladi. U oʻzining ushbu taʼkidini Parijda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan anjuman oldidan qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Frantsiya yahudiylariga: bu sizning mamlakatingiz emas, siz tugʻilgan yer ham emas, u yerdan ketish kerak, deb aytadigan vaqt keldi", — deya bayonot qilgan Isroil Mudofaa vaziri.

Liberman Parijda oʻtadigan anjumanni "Isroilga qarshi tribunal" deb atab, u mamlakat shaʼniga dogʻ tushirishini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning yanvar oyida Parijda koʻptomonlama forum oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tinchlik anjumani deb nom olgan ushbu tadbirda, tashkilotchilar fikri boʻyicha, Falastin-Isroil tinchlik jarayoni jonlantirilishi koʻzda tutilgan. Ammo, Isroil davlati ushbu anjumanda ishtirok etishdan bosh tortdi va Frantsiyadan tadbirni bekor qilishni talab qildi.

Isroil davlati tashqi tomondan boʻladigan bosim va oʻzi uchun foydali boʻlmagan talablar "yopishtirilishidan" havotir olgan holda Falastin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishini talab qilmoqda.

Falastin tomon esa anjuman oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlamoqda. Falastinliklar taʼkidi boʻyicha, ikki tomonlama uchrashuvlar foyda bermay qoʻygan, isroilliklar bilan muzokara oʻtkazish imkoniyati esa ularning mavqeiga mos kelmaydi.

Teglar:
tinchlik anjumani, Frantsiya, yahudiylar, Isroil

Asosiy mavzular