07:53 21 Avgust 2017
Efir
Islom davlati jangarilari, arxiv surat

"Islom davlati" jallodi - Koti AQSH sanktsiyalar roʻyxatiga kiritildi

© AP Photo/ Hadi Mizban
Dunyoda
Havola olish
35112

AQSH ilgari surayotgan taxminlarga koʻra, Koti yetti nafar chet el fuqarolarini, shu jumladan, amerikalik jurnalistlar Jeyms Fouli va Stiven Sotloff, shuningdek, amerikalik Piter Kessiglarni tutqunlikda ushlab turgan va ularning qatlida shaxsan ishtirok etgan

TOSHKENT, 10 yanv — Sputnik, Aleksey Bogdanovskiy. Amerika Qoʻshma Shtatlari "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi tomonidan uyushtirilgan qatllarda qatnashgan Buyuk Britaniya fuqarosi Aleksand Emon Koti (Alexanda Amon Kotey)ni sanktsiyalar roʻyxatiga kiritdi, deb xabar qildi seshanba kuni AQSH Davlat departamenti. RIA Novosti xabari asosida.

"Buyuk Britaniya fuqarosi — Koti qatllar ijrosi bilan shugʻullanuvchi 4 kishidan iborat jinoiy guruh aʼzosihisoblanadi", — deyiladi AQSH Davlat Departementi xabarida. "Bitlz" deya ataluvchi jallodlar guruhining yana bir aʼzosi — "Jihodchi Jon" (haqiqiy ismi Muhammad Emvazi) ham Buyuk Britaniya fuqarosi boʻlib, u 2015-yilning oxirida Suriyada Amerika uchuvchisiz parvoz qurilmalari yordamida yoʻq qilingan edi.

AQSH tomonidan ilgari surilayotgan taxminlarga koʻra, Koti yetti nafar chet el fuqarolarini, shu jumladan, amerikalik jurnalistlar Jeyms Fouli va Stiven Sotloff, shuningdek, amerikalik Piter Kessiglarni tutqunlikda ushlab turgan va ularning qatlida shaxsan ishtirok etgan. Koti, shuningdek, jangarilarni "ID" safiga chorlash bilan shugʻullangan, deb xabar qilmoqda AQSH Davlat Departamenti.

2015 yildan buyon Indoneziyada faoliyat yurituvchi hamda "ID" rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyga sodiqligi haqida eʼlon qilgan "Jamaa Ansharut Daula" ekstremistik guruhi ham AQSH sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgan.

Teglar:
sanktsiyalar roʻyxati, AQSH, jallod, terrorchilik uyushmasi, Islom davlati

Asosiy mavzular