04:59 19 Yanvar 2018
Efir
Koʻz, arxiv surat

Taniqli ekstrasensdan shov-shuvli bashorat - "Bu mashhur oʻladi"

© Flickr/ Peter Sheik
Dunyoda
Havola olish
3468214

Ozarbayjonlik taniqli ekstrasens Ziraddin Rzayevning bashoratlari real hayotda oʻz tasdigʻini topadi, ammo ularning aksariyati fojiaviydir

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Moskva shahrida yashovchi ozarbayjonlik ekstrasens Ziraddin Rzayev Sputnik Ozarbayjon nashriga bergan intervyusida shov-shuvli bashoratlari haqida tilga olgan.

Nashrda eʼlon qilingan qisqa intervyuni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Izvestnыy azerbaydjanskiy ekstrasens Ziraddin Rzayev
Ozarbayjonlik ekstrasens Ziraddin Rzayev

- Ziraddin, Vesti.az portalida eʼlon qilingan intervyuingiz ijtimoiy tarmoqlarda qizgʻin bahslarga sabab boʻldi. "Angliya qora tumanda qolganini koʻryapman, bu uch kun davom etadi" deb aytgansiz. Bu bilan nima demoqchi boʻlgansiz?

— Ha, toʻgʻri, men bu maʼlumot bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda boʻlishganman. Bunga qadar esa oʻz bashoratimni ochiq aytishni istamagandim, bundan xavfsirardim. Ammo hozir haqiqatni aytishga tayyorman. Joriy yilda Buyuk Britaniya qirolichasi vafot etadi, mamlakatda motam eʼlon qilinadi. Shu bilan, 2017-yil Angliya tarixida eng qaygʻuli yil boʻladi.

- Siz bunga aminmisiz?

— Bunga shubham yoʻq! Aks holda bu haqda gapirmagan boʻlardim. Men oddiy odamman, ammo Alloh menga roʻy beradigan hodisalarni oldindan koʻra bilish qobiliyatini inʼom etgan. Bu bashorat menga 2016 yilning 27 dekabrida ayon boʻlgan va uni 2017 yilning 1 yanvarida eʼlon qilganman. Axir bu haqda gapirish katta masʼuliyat talab etardi.

- Sizning bashoratlaringiz koʻpincha fojiaviy xarakterga ega…

— Afsuski, shunday. Aytish mumkin-ki, men oqshomlari hotirjam uxlolmayman, tongga qadar yomon tushlar va fojialarni koʻrib chiqaman. Meni hamisha qoʻrquv va havotirlar, shuningdek, arvohlar taʼqib qiladi. Ammo bularga qaramay, hamisha yaxshi kayfiyatni saqlab qolishga intilaman.

Nashr shu yerda intevyuni tugatgan va suhbatni toʻlaligicha sal keyinroq eʼlon qilish haqida aytib oʻtgan.

Teglar:
qirolicha oʻlimi, Britaniya, bashorat

Asosiy mavzular