Qasamodga 2 kun qolganda, Tramp ayollarga shilqimlik qilganlikda ayblandi

© Sputnik / Kevin Dauns / Mediabankka o‘tishAQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampni shilqimlikda ayblagan amerikalik ayol, siyosatchi ustidan sudga arz qildi

TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Amerikalik Sammer Zervos o‘z sha’ni va qadr-qimmatini tiklash maqsadida yangi saylangan AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan sudga shikoyat qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Trampning eng yorqin iboralari
Zervosga ko‘ra, siyosatchi o‘zini shilqimlikda ayblagan ayollarni obro‘sizlantirish uchun o‘z xizmat lavozimidan foydalangan.

Nashr xabariga ko‘ra, ariza Zervos Gloriya Olred advokati tomonidan seshanba kuni sudga topshirilgan. Shikoyat xatida Tramp o‘zining "nomunosib hatti-harakatini" tan olishi yoxud uni sudda rad etishi kerakligi aytilgan.

"2016 yil 11-noyabr kuni Trampni menga nisbatan ishlatgan yolg‘onchi degan da’vosidan voz kechishga chaqirgan edim. Men shuningdek, undan menga nisbatan qilgan hatti-harakatlari rostligini tan olishni va bu haqda ochiq aytishni iltimos qildim. Oradan ikki oy o‘tdi, Tramp esa hamon o‘z so‘zlaridan voz kechgani yo‘q. Men va boshqa ayollar haqida aytilgan yolg‘on bayonotlarni to‘liq rad etishi uchun unga imkon bermoqchi edim", — deyilgan Zervosning arizasida. Ta’kidlanishicha, Zervosda o‘zining "qadr-qimmatini" tiklashi uchun Tramp ustidan sudga shikoyat qilishdan boshqa chora qolmagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyida maxsus tashkillashtirilgan matbuot-anjumanida Sammer Zervos advokat guvohligida 2007-yilda Trampning "Shogird" teleshousida ishtirok etgach, yoqimsiz bir holatga duch kelganini aytgan edi. Zervosning so‘zlariga ko‘ra, Tramp uni ish yuzasidan gaplashib olish uchun uchrashuvga taklif qilib, natijada, bir qavatli uyga olib borgan va jinsiy yaqinlikka undamoqchi bo‘lgan. Zervos o‘sha vaqtda Tramp ustidan sudga shikoyat qilishni lozim topmagan.

AQSh prezidentligi uchun bo‘lib o‘tgan prezidentlik poygasi chog‘ida Washington Post 2005-yilda suratga olingan videoni ommaga e’lon qilgan: unda Tramp ayollarga shilqimlik qilayotgani va bu bilan maqtanayotgani tasvirlangan.

Shuningdek, bir guruh ayollar ham Trampni tegajog‘liqda ayblashgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu ishlar o‘nlab yillar narida amalga oshirilgan. Tramp ayollarni o‘ziga tuhmat qilishayotgani uchun sudga jalb qilishni va’da qilgan.

Yangiliklar lentasi
0