Tramp Amerikaning qator nashrlarini xalq dushmanlari, deb atadi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishD.Tramp - AQSh prezidenti
D.Tramp - AQSh prezidenti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp Amerikaning CNN, NBC va The New York Times nashrlarini xalq dushmanlari deb atadi

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Amerikaning qator old nashrlarini — ular yolg‘on ma’lumotlar tarqatayotgani sabab — xalq dushmanlari deb atadi, deya xabar qildi RIA Novosti.

AQShning 45 prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Obama olib tashlagan Cherchill haykalini Oq uyga qaytardi
"Soxta xabarlarni tarqatayotgan OAV (The New York Times, NBC, ABC, CBS, CNN), — mening emas, Amerika xalqining dushmani!" — deb yozgan Tramp o‘zining Twitterida.

Donald Tramp bunga qadar ham bir necha marotaba Amerika ommaviy axborot vositalarini uydirma xabarlar tarqatishda ayblagan.

Xususan, Mehnat vaziri lavozimiga nomzodni tavsiya qilishga bag‘ishlangan matbuot-anjumanida AQSh prezidenti CNN jurnalistlarini o‘ziga nisbatan "nafrat va noxolis" munosabat uchun qattiq qoralagan edi. Tramp shuningdek, o‘zining Rossiya bilan aloqalari haqidagi xabarlarga "safsata" deya izoh bergan.

Yangiliklar lentasi
0