Ola! Amerikancha qo‘shiq kuylayotgan to‘tiqush Internet yulduziga aylanmoqda

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishTo‘tiqush
To‘tiqush - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik reper Eminem va mashhur qo‘shiqchi Riannaning The Monster qo‘shig‘ini ijro etgan to‘tiqush Internetda yashin tezligida tanilib bormoqda

TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Eminem va Riannaning qo‘shig‘ini aytgan to‘tiqush Internet yulduziga aylandi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Nolish qilayotgan to‘tiqush roligi internet foydalanuvchilari orasida yashin tezligida tarqalmoqda.

Internet foydalanuvchilarning ayrimlari to‘tiqush mahoratiga yuqori baho berib, u qo‘shiqni xuddi Riannaning o‘ziday qilib aytayotganini e’tirof etishgan.

"To‘tiqush mendan yaxshiroq kuylayaptimi? Rianna undan qo‘rqishi kerak".

​Xuddi Rianna kabi kuylayotgan to‘tiqush tufayli Internet aqldan ozmoqda, deb yozgan quyidagi foydalanuvchi.

Yana bir foydalanuvchi esa Riannaning qo‘shig‘ini ijro etgan bu to‘tiqush unga bir haftaga tatigulik xushkayfiyat ulashgani haqida yozgan.

Ha-ya, hozirgi qo‘shiqchilarning ijod mahsulotlarini hatto to‘tiqushlar ham zo‘r mahorat-la ijro etgandan keyin, kulging qistab, kayfiyating ko‘tariladi-da.

Yangiliklar lentasi
0