Putin tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlashni buyurdi

© Sputnik / Xushnud Raxmatullayev / Mediabankka o‘tishTojik-afg‘on chegarasi
Tojik-afg‘on chegarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Tojikiston va Afg‘oniston chegarasini mustahkamlashga ko‘rsatma berdi

TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Vladimir Putin tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar qildi jurnalistlarga Rossiyaning birinchi vitse-premyeri Igor Shuvalov.

RF prezidenti V. Putinning Tojikistonga rasmiy tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada tojikistonliklar uchun imtiyozlar bisyor, dedi Putin Rahmonga
"Tojikiston prezidenti Tojikiston va Afg‘oniston chegarasidagi uchastkaning mustahkamlanishi haqida batafsil so‘zladi. Va bizning prezidentimiz tegishli ko‘rsatmani berdi. Endilikda biz uni bajaramiz", — degan Shuvalov Putin va Emomali Rahmon o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasi haqida gapirar ekan.

Rossiya prezidenti dushanba kuni Moskva va Dushanbe tojik-afg‘on chegarasini himoyalash uchun amalga oshirilayotgan harakatlarni yanada faollashtirish xususida kelishib olishgani haqida xabar qilgan edi. Buning uchun Tojikistondagi Rossiyaning 201-harbiy bazasi jalb etilishi ta’kidlandi, deb yozadi RIA Novosti.

Yangiliklar lentasi
0