21:43 27 Aprel 2017
Efir
Saudiya Arabistoni, Makka shahri

Saudiya Arabistonidan 5 million migrant deportatsiya qilinadi

© Flickr/ Fadi El Benni
Dunyoda
Havola olish
67311

Saudiya Arabistoni ayni vaqtda aholisining 20%ini - yaʼni besh million nafar nolegal migrantlarni deportatsiya qilish dasturi ustida ishlamoqda, deb xabar berdi RIA Novosti

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Bu haqdagi qaror Podshohlik Shoʻrosi(parlamenti)da muhokama qilinmoqda, deb yozgan nashr.

Xabarda aytilishicha, bu taklif deputatlardan biri — Sadka Fadel tomonidan bildirilgan.

Al Hayat nashri xabariga koʻra, qirollik rasmiylarini koʻproq migrantlar kelajakdagi Saudiya fuqaroligini talab qilib, ularni "tabiiylashtirish"ni soʻrashlaridan havotir olishmoqda.

Amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan "deportatsiya kampaniyasi" Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan birinchi bor qoʻllanilayotgani yoʻq. 2012 yildan 2015 yilga qadar mamlakatdan 243 ming pokistonlik chiqarib yuborilgan — ularning ayrimlari terrorchilikda ayblangan.

Saudiyachilarning aksariyati migratsiya jinoyatchilik darajasini oshiradi, gastarbayterlar esa iqtisodiy tomondan oʻziga toʻq mahalliy aholiga koʻproq hujum qilmoqda, degan fikrda.

Ammo qirolikka vaqtincha yashash uchun koʻchib kelganlar ham oʻz qismatidan xursand emas. 2014 yilda neft narxi koʻtarila boshlaganda, mamlakatda oʻz mehnat haqini ololmagan pokistonlik ishchilar tomonidan norozilik namoyishlari oʻtkazilgan. 2017 yilning yanvar oyida esa ahvol shu darajaga borib yetadiki, muqaddas Makka shahrida toʻqnashuvlar yuz berib, bu yollanib ishlayotgan ishchilarni hibsga olish bilan yakunlanadi.

Asosiy mavzular