07:34 28 Mart 2017
Efir
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov

Qudratli Rossiya Markaziy Osiyoni oʻziga "tobe" qilishga urinyaptimi - Lavrov javobi

© Ruptly.
Dunyoda
Havola olish
279125

2017 yil Rossiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatganiga 25 yil toʻladi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻrnatilgan munosabatlarning asosiy belgilari haqida soʻzladi

TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. 2017 yil 15 mart kuni "Xalqaro hayot" jurnalida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning intervyusi eʼlon qilindi.

Intervyu Rossiya TIV rasmiy saytida chop etilgan.

Rossiya TIV rahbarining soʻzlariga koʻra, oʻtgan chorak asr davomida Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro hayotning tenghuquqli ishtirokchilariga aylandi. Bu vaqt mobaynida Rossiya Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan ittifoqdoshlik yoki strategik sherikchilik aloqalarini oʻrnatgan.

Nashrning "Gʻarb Rossiya SSSRni qayta tiklamasa ham, ammo sobiq Ittifoq mamlakatlarini, shu jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarini ham oʻziga "tobe" qilib olishga doir urinishlarini  qoʻymayapti, deya taʼkidlashda davom etmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari rivojlanishida Rossiyaning real roli jihatidan bu bayonot yuzasidan qanday izoh berasiz?", degan savolga Lavrov quyidagicha javob qaytargan:

"Neoimperialistik" maqsadlar, chunonchi SSSRni tiklash haqidagi rejalar fantastika janriga tegishli va jiddiy muhokamaga loyiq emas. Rossiya har doim sobiq sovet respublikalari xalqlarining mustaqillik va mustaqil rivojlanish yoʻli foydasiga qilgan tanlovlariga hurmat bilan munosabatda boʻlgan. Rossiya ular bilan turli formatlarda faqat tenglik tamoyillari va bir- asosida hamkorlik munosabatlarini quradi.

Bu shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlariga ham tegishli. Bugun biz ikki tomonlama munosabatlar negizida hamda MDH, ODKB, YEII, SHHT singari integratsiya birlashmalari doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz", — degan Lavrov.

Teglar:
YEII, Lavrov, Turkmaniston, Tojikiston, Markaziy Osiyo, Oʻzbekiston, Rossiya, SSSR, Qirgʻiziston, Qozogʻiston

Asosiy mavzular