Rossiya 8-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan jinoyatchini O‘zbekistonga topshirdi

© Flickr / Keith AllisonJinoyatchining qo‘lga olinishi
Jinoyatchining qo‘lga olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasi 28 kg geroin kontrabandasi tufayli qidiruvda bo‘lgan shaxs - Holiqov Karamatulloni O‘zbekistonga topshirdi

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Ural transport prokuraturasi 28 kg geroin kontrabandasi uchun qidiruvda bo‘lgan 43 yashar Holiqov Karamatulloni O‘zbekistonga topshirdi, deb xabar qildi Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot-xizmati.

Surxondaryoda 1,2 kilo geroinni 40 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
"Tekshiruv davomida aniqlanishicha, 2009-yilning may oyida Holiqov O‘zbekiston hududida 3 kg geroinni pullagan. Bundan tashqari, 2009-yilning sentabrida O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishga urinishi chog‘ida Tojikistondan 28 kgdan ortiq geroinni kontrabanda yo‘li bilan olib kirishga uringani uchun sheriklari bilan birgalikda huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan, ammo ulardan Rossiyada yashirinishga muvaffaq bo‘lgan. 2016-yilning avgustida esa ayblanuvchi transport politsiyasi xodimlari tomonidan Yekaterinburgdagi "Kolsovo" aeroportida qo‘lga olingan", — deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda Holiqov O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga topshirilgani xabar qilingan.

Yangiliklar lentasi
0