Islom Karimov hayoti uchun kurashgan vrach rahbarlikdan olinishi mumkin

Obuna bo‘lish
"Yedinaya Rossiya"ning bir guruh deputatlari Davlat Dumasiga tibbiy muassasalar rahbarlari yoshini 65 yosh qilib chegaralash to‘g‘risidagi qonunchilik loyihasini kiritgan. Ayni vaqtda, Rossiyadagi ko‘plab rahbarlar o‘z lavozimlaridan mahrum bo‘lish xavfi ostida turibdi. Ular orasida Islom Karimov hayotini asrash uchun kurashgan mashhur kardioxirurg Leo Bokeriya ham bor

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi mamlakatdagi eng nomdor tibbiyot markazlarini rahbarsiz qoldirishi mumkin, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xirurgi provodat operatsiyu - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmda Rossiya tibbiyot markazlari filiallari ochiladi
Mamlakatning eng old tibbiyot markazlari o‘z rahbarlaridan mahrum bo‘lishi mumkin. Ular orasida mashhur kardio-jarroh Leo Bokeriya ham borligi aytilmoqda.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti og‘ir betob bo‘lganida, Rossiyalik mutaxassislarning bir guruhi bir necha kun davomida Islom Karimov hayoti uchun kurashgan. O‘shanda O‘zbekistonga ikki guruh mutaxassislar yuborilgan, ulardan biri — mashhur jarroh Leo Bokeriya boshchiligidagi kardioxirurglar jamoasi bo‘lgan.

RIA Novostining yozishicha, ayni vaqtda Rossiya Davlat Dumasiga "tibbiyot muassasalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari uchun" rahbarlik qilish yoshi 65 yoshgacha etib belgilash to‘g‘risida yangi qonun loyihasi kiritilgan.

Bu yerda gap davlat va shahar kasalxonalari to‘g‘risidagina emas, balki mamlakatning eng old tibbiyot markazlari haqida ham bormoqda.

Rossiya Mehnat kodeksiga o‘zgartirish kiritmoqchi bo‘lgan deputatlar "Yedinaya Rossiya" a’zolari ekanligi qo‘shimcha qilingan.

Rossiya Davlat Dumasining mehnat, ijtimoiy siyosat va veteranlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mixail Tarasenko bunday choralar sohani "sog‘lomlashtiradi" degan fikrni bildirmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi - tanqiddan bir oy o‘tib
Tarasenko "mamlakatning eng nomdor vrachlari o‘z rahbarlik lavozimlaridan iste’foga ketadilarmi?" degan savolga javob berishga qiynalgan.

Ayni vaqtdam ushbu yangilik mamlakatning tibbiyot sohasidagi eng old mutaxassislari tomonidan keskin tanqid qilinmoqda.

Jumladan, N.V.Sklifosovskiy nomidagi shoshilinch yordam rahbari, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan vrach Mogeli Xubutiya bunday qaror mamlakatdagi tibbiyot taraqqiyotiga qaqshatgich zarba berishi mumkinligini ta’kidlagan.

"Ilmiy ish, masalan, jarrohlikning yangi turlarini ishlab chiqishni markaz yoki institut rahbari ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Axir ular mamlakatning old jarrohlari, onkologlari, kardiologlari… Tibbiyot sohasi rivojida ularning roli muhim. Birdaniga hammasining boshini olish yaramaydi. Qolaversa, ulardek shifokorlarni bir kunda tarbiyalashning iloji yo‘q. bunga uchun yillar davomida amalga oshiriladigan zahmatli mehnat natijasida erishiladi.

Hammasi insonning jismoniy va aqliy qobiliyati holatiga bog‘liq. Agar u muvaffaqiyatli mehnat qilayotgan bo‘lsa, uni lavozimdan mahrum qilishning nima keragi bor? 77 yashar Leo Bokeriya bir kunda beshta operatsiyani amalga oshiradi — bunday jarrohliklarni boshqa hech kim amalga oshirolmaydi!", — deb fikr bildirgan Xubutiya.

Xubutiyaga ko‘ra, agar bosh vrachlar yoki komissiya rahbarlari ishida qo‘pol xatoliklar aniqlashsa, ularni lavozimlaridan olishgan. "Ammo bu yosh tufayli emas, balki qoniqarsiz ishi uchun qilingan", — qo‘shimcha qiladi u.

Ushbu maqola chop etilayotgan vaqtda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari rahbarlari uchun yosh chegarasi joriy etilishi borasida hech qanday izoh bermagan.

Yangiliklar lentasi
0