OAV: "Islom davlati"ning urush ishlari vaziri - sobiq tojik polkovnigi halok bo‘ldi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishFlag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL
Flag radikalnoy islamistskoy organizatsii IGIL - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iroqda raketa aviazarbasi natijasida Tojikiston OMONining sobiq komandiri, "ID"ning yuqori lavozimli qo‘mondonlaridan biri Gulmurod Halimov halok bo‘lganligi xabar qilinmoqda

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Britaniyaning The Times gazetasi Iroqdagi harbiy manbasiga asoslanib 15-aprel kuni Iroqda raketa aviazarbasi natijasida Tojikiston OMONining sobiq komandiri, "ID"ning yuqori lavozimli qo‘mondonlaridan biri Gulmurod Halimov halok bo‘lganligini xabar qildi.

Gulmurod Halimov tasvirlangan videolavha. - Sputnik O‘zbekiston
Terrorchi tarixi: harbiylikdan ID rahbarligigacha

Nashr xabariga ko‘ra, IDning urush vaziri deb ataluvchi sobiq tojik polkovnigi Iroqning Mosul shahrida aviazarba oqibatida o‘lgan.

Iroqlik harbiy manbaning aytishicha, shaharga keyingi oylar davomida uchinchi marta aviazarba berilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, AQSh maxsus xizmatlarida tayyorgarlik o‘tagan Halimov Mosuldagi terrorchilarning mudofaasini rejalashtirish va koalitsiyaga qarshi yuzlab avtomobillarni portlatishga mas’ul bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0