00:05 25 Iyun 2017
Efir
Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov

Kamilov Oʻzbekiston Rossiyada yangi konsulxonalar ochishini maʼlum qildi

AFP PHOTO
Dunyoda
Havola olish
20110

Oʻzbekiston TIV rahbarining qayd etishicha, xorijda Oʻzbekiston fuqarolari soni oʻsmoqda. Vazir bergan maʼlumotga koʻra, hozirda AQShda yuz mingdan ortiq oʻzbekistonlik bor, Rossiya hududidagi oʻzbekistonliklar soni esa 1 milliondan ortiq

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasi hududida bir necha konsulxonalar ochishni rejalashtirgan. Bu haqda Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov Xalqaro press-klubda jurnalistlarning savollariga javob qaytarish chogʻida aytib oʻtgan, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri.

Kamilovning qayd etishicha, xorijda Oʻzbekiston fuqarolari soni oʻsmoqda. Vazir bergan maʼlumotga koʻra, hozirda AQShda yuz mingdan ortiq oʻzbekistonlik bor, Rossiya hududidagi oʻzbekistonliklar soni esa 1 milliondan ortiq.

Oʻzbekiston TIV rahbari xorijdagi fuqarolarga konsullik xizmatlari koʻrsatish borasida muammolar mavjudligini qayd etib oʻtgan. Uning maʼlum qilishicha, hozirda yangi konsulxonalar ochish va yangi mutaxassislarni bu muammolarni bartaraf etishga jalb etish ishlari olib borilmoqda.

Komilov bu masala boʻyicha Rossiyada alohida muammolar borligini qayd etib, u yerdagi oʻzbekistonliklar konsulxonalargacha minglab kilometrlarni bosib oʻtishiga toʻgʻri kelayotganini aytib oʻtgan.

Vazir Oʻzbekiston Rossiyada yana bir necha konsulxonalar ochishini maʼlum qilgan. U Oʻzbekistonning xorijdagi fuqarolariga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilishini qayd etib oʻtgan.

U tashqi ishlar vazirligining asosiy maqsadi chet eldagi fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish ekanini ham qoʻshimcha qilib oʻtgan.

"Ammo chet elda oʻzbekistonliklar koʻpayib boryapti. Odamlarimiz elchixona va konsulxonalarimiz faoliyatidan rozi deya olmaymiz. Biz bu borada ishlayapmiz. Konsullik va ularning xodimlari sonini koʻpaytiramiz. Ularning muloqot madaniyatini oshirib boramiz", degan vazir.

Asosiy mavzular