23:52 24 Iyun 2017
Efir
Flag Irana

Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik/ Stringer
Dunyoda
Havola olish
238 0 0

Shavkat Mirziyoyev Eronda suv toshqini oqibatida fuqarolar qurbon boʻlishi munosabati bilan Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi.

TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyga mamlakatning bir necha hududlarida sodir boʻlgan suv toshqini oqibatida, fuqarolar qurbon boʻlishi munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi. Bu haqida Oʻzbekiston TIVi xabar qildi.

Eng soʻnggi xabarlarga koʻra, Eronda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 41 kishi qurbon boʻlgan, 22 kishi daraksiz yoʻqolgan.  Eron shimoli-gʻarbida haligacha kuchli yomgʻirlar davom etmoqda. Daryolar qirgʻogʻidan chiqib, koʻpriklarni, avtomobillarni, aloqa kabellarini yuvib ketmoqda. Zarar koʻrgan hududlarda Favqulodda holat eʼlon qilingan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

Oʻzbekiston va jahondagi eng soʻnggi yangiliklardan xabardor boʻlishni istasangiz, Sputnik Oʻzbekistonning Telegram-kanaliga obuna boʻling.

Asosiy mavzular