21:32 26 Iyul 2017
Efir
SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbachev

Mixail Gorbachyov Putin haqida ocherk yozdi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
150361

Sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti oʻz ocherkida Rossiya prezidentining roli va masʼuliyatini nimalar belgilashi kerakligi haqida toʻxtalgan

TOSHKENT, 20 apr — Sputnik. Time jurnali tahririyati dunyoning eng obroʻli 100 odami roʻyxatini eʼlon qildi. Roʻyxatga kiritilgan siyosatchilar haqida ocherklar turli mualliflar tomonidan yozilgan. Eng obroʻli yuzlikdan oʻrin olgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida ocherkni sobiq Ittifoqning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov yozgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xabarda taʼkidlanishicha, jurnal 100 obroʻli odamlarni — "Titanlar", "Novatorlar", "Sanʼatkorlar", "Yetakchilar" va "Kumirlar" toifalari boʻyicha ajratgan. Putin "Yetakchilar" roʻyxatidan joy olgan.

"Yetakchilar" qatoridan, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Tramp, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In, Filippin rahbari Rodrigo Duterte, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuyel Santos, Wikileaks portali asoschisi Julian Assanj, XXR raisi Si Tszinpin, Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geytsning rafiqasi Melinda, Rim papasi Frantsisk, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, eronlik general Kosim Sulaymoniy, Oq uy devoni rahbari Rayns Pribus, AQSH prezidentining strategik masalalar boʻyicha maslahatchisi Stiven Bennon va boshqa siyosatchilar oʻrin olgan. 

Gorbachyov Putin haqida yozgan ocherkida quyidagi fikrlarni keltirib oʻtgan:

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin vaziyatni barqarorlashtirish, Rossiya davlatchiligini saqlab qolish va uning iqtisodiy pozitsiyasini kuchaytirishda muvaffaqiyat qozondi. Men Rossiya faqat demokratiya yoʻli bilan zafar quchishiga ishonaman. Rossiya siyosiy raqobat, haqiqiy koʻppartiyaviylik, adolatli saylovlar va hukumatning muntazam almashib turishiga tayyor. Prezident roli va masʼuliyatini mana shular belgilashi lozim".

Asosiy mavzular