OAV: KXDR eng yirik artilleriya mashqlarini o‘tkazdi

© Sputnik / Andrey Jarov / Mediabankka o‘tishGranitsa mejdu Severnoy i Yujnoy Koreyami
Granitsa mejdu Severnoy i Yujnoy Koreyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mashqlarda mamlakat rahbari Kim Chen In ham qatnashgani taxmin qilinmoqda

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. KXDR Vonsan porti hududida yirik artilleriya mashqlarini o‘tkazdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Renxap agentligiga tayanib.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Shimoliy Koreya milliy armiyasi tashkil etilganligining 85-yilligini ana shu tarzda nishonladi. Mashqlarda mamlakat rahbari Kim Chen In ham qatnashgani taxmin qilinmoqda.

Yaponiya o‘z aholisini Shimoliy Koreyadan bo‘ladigan zarba haqida ogohlantirmoqda

Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya delegatsiyalari rahbarlari esa Tokioda uchrashib, Pxenyanga bosim o‘tkazish haqida kelishib olishdi. AQSh davlat departamentining KXDR masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jozef Yunning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya hozircha muloqotga tayyor emas.

Aprel oyi boshida KXDRning ballistik raketa uchirishi AQShning keskin e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Koreya yarimoroli tomon "Karl Vinson" atom aviatashuvchisi yetakchiligida zarba beruvchi guruh jo‘natildi.

"Karl Vinson" aviatashuvchisi bortida yetmishga yaqin harbiy samolyot va vertolotlar joylashgan. Guruhdan u bilan birgalikda Lake Champlain raketa kreyseri hamda Michael Murphy va Wayne E. Meyer esmineslari o‘rin olgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0