23:15 20 Sentyabr 2017
Efir
Pekin forumida oliy martabali mehmonlarni kutib olayotgan faxriy qorovul

KXDR Pekin forumida qatnashgani uchun AQSH Xitoyga norozilik notasini yoʻlladi

AP Photo / Mark Schiefelbein
Dunyoda
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
73731

AQSH Davlat departamenti va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi amerikalik diplomatlar notasi haqidagi xabar yuzasidan izoh berishganicha yoʻq

TOSHKENT, 12 may — Sputnik. AQShning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Xitoy Tashqi ishlar vazirligiga diplomatik notasi yuborildi. Qayd etilishicha, 14-15 may kunlari Pekinda boʻlib oʻtayotgan "Bir kamar — bir yoʻl" forumida Shimoliy Koreyaning ham ishtirok etayotgani Qoʻshma Shtatlar noroziligiga sabab boʻlgan. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Rasmiy Vashingtonga koʻra, dunyo hamjamiyati Pxenyanga u oʻtkazgan yadroviy va ballistik raketalar sinovlari uchun bosim oʻtkazib kelayotgan bir pallada Xitoyning bu harakati notoʻgʻri hisoblanadi.

Manbalarning taʼkidlashlaricha, shimoliy koreyaliklarga taklif qilingan rol  katta ahamiyatga ega, deb topiladigan boʻlsa, ayrim Gʻarb mamlakatlari KXDR vakillari qatnashadigan uchrashuvlarga bormasliklari ham mumkin.

Ilgariroq XXR tashqi siyosat mahkamasi Shimoliy Koreya taklifni qabul qilgani va ushbu forumga oʻz vakillarini yuborishi haqida xabar qilgan edi. OAVlarda berilayotgan xabarlarga koʻra, Shimoliy Koreya delegatsiyasiga KXDR TIV rahbari Kim Yen Chje rahbarlik qilishi mumkin. Pxenyan delegatsiyalari ishtirok etadigan tadbirlarning aniq dasturi hozircha koʻrsatilmagan.

AQSH Davlat departamenti va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi amerikalik diplomatlar notasi haqidagi xabar yuzasidan izoh berishganicha yoʻq.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Asosiy mavzular