05:59 28 May 2017
Efir
Yaman, Sana shahri

Yamanda vabo epidemiyasi tufayli favqulodda holat eʼlon qilindi

© Sputnik/ Stringer
Dunyoda
Havola olish
12610

Yaman Sogʻliqni saqlash vazirligi insonparvarlik tashkilotlarini ushbu epidemiyaga qarshi kurashda yordam berishga chaqirgan. Vazirlikning taʼkidlashicha, harbiy harakatlarlardan qattiq zaiflashib qolgan Yamanning sogʻliqni saqlash tizimi epidemiyaga qarshi kurashishga qodir emas

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Yaman poytaxti Sana shahrida favqulodda holat eʼlon qilindi. Shaharda vabo kasalligi avj olib, oʻnlab odamlar halok boʻlgach mamlakat ushbu qarorni qabul qilgan, deb xabar bermoqda RIA Novosti Reyterga tayangan holda.

Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, aprel oyi soʻngidan 115 kishi vabo qurboniga aylangan.

Xalqaro Qizil Xoch qoʻmitasi vakili Dominik Stillxart, mamlakatda vaboga chalinganlar soni 8,5 mingga yaqin ekanligini aytib oʻtgan.

Yaman Sogʻliqni saqlash vazirligi insonparvarlik tashkilotlarini ushbu epidemiyaga qarshi kurashda yordam berishga chaqirgan.

Vazirlikning taʼkidlashicha, harbiy harakatlarlardan qattiq zaiflashib qolgan Yamanning sogʻliqni saqlash tizimi epidemiyaga qarshi kurashishga qodir emas.

Yamanda 2014 yildan buyon isyonchi xusiylar va hukumat kuchlari oʻrtasida qurolli toʻqnashuv davom etib kelmoqda.

Eslatib oʻtamiz, vabo — oʻtkir, oʻta xafvli ichak gruppasi kasalligi xisoblanadi, faqat odam ogʻriydi. Oʻta xafvli deyilishiga sabab: klinikasi ogʻir oʻtadi;  40%-50% holatlarda oʻlishga olib keladi.

Juda tez tarqaladi, qisqa vaqt ichida juda koʻp yerlarga tarqalib ketadi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
Sana, vabo, Yaman

Asosiy mavzular