04:47 19 Oktyabr 2017
Efir
Xakerlik hujumi

Yulgʻich-virus Yevropa va Osiyo kompyuterlariga hujum qilmoqda

© Flickr/ Yuri Samoilov
Dunyoda
Havola olish
26201

Sal oldin Yevropa politsiyasi rahbari Rob Ueynrayt, bir qator kiberhujumlar dushanba kuni ertalab amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi. Uenraytga koʻra, keng qamrovli kiberhujumlar dunyoning 150 davlatida 200 mingga yaqin kompyuter foydalanuvchilarini tegib oʻtgan

TOSHKENT, 15 may – Sputnik. Joriy yil 12 may kuni Yevropa va Osiyo kompyuterlari yoppasiga shu paytgacha nomaʼlum boʻlgan "Yulgʻich-virus"i hujumiga uchradi.  Ushbu zararli virus dasturi Rossiya IIV serveri ham zarar koʻrgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Rossiya IIV ushbu hujum axborot texnologiyalar, xavfsizlik va aloqalar departamenti tomonidan qayd etilganini tasdiqladi.

"Oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida 1000 ga (jami kompterlarning 1% dan kam boʻlgan qismi) yaqin zararlangan kompterlar blokirovka qilindi", – deb taʼkidladi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

OAVlarda tarqalga maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Tergov qoʻmitasining ichki tarmogʻiga ulangan kompyuterlar ham xakerlik hujumiga uchragan, lekin Tergov qoʻmitasi ushbu xabarni rad etgan.

Mazkur virus dasturidan rossiyalik "Megafon" uyali-aloqa kompaniyasi ham ziyon koʻrgan. Kiberhujum natijasida mijozlarni qoʻllab quvvatlash xizmati va ayrim savdo manzillari ish faoliyatini buzilgan. Kompaniya ushbu holat haqida huquq tartibot organlariga maʼlum qilgan.

Kiberxavfsizlik boʻyicha MalwareHunterTeam guruhi mutaxassislarning fikriga koʻra, ushbu virus dasturidan Rossiya va Tayvan hududlarida joylashgan serverlar eng koʻp zarar koʻrgan. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Portugaliya, Turkiya, Ukraina, Qozogʻiston, Indoneziya, Vyetnam, Yapaniya va Filippin davlati ham kiberhujum amalga oshirilgan.

"Yangi virus haddan tashqari tezlik bilan tarqalmoqda", — dedi MalwareHunterTeam vakili.

Rossiyadagi virusga qarshi "Laboratoriya Kasperkogo" kompaniyasi mutaxassislari fikriga koʻra, butun dunyo boʻyicha 74 ta davlatda 45 mingdan ortiq zararlanish holatlari aniqlagan. Mutaxassislar eng koʻp zararlanish holatlari Rossiyada aniqlanganligi qayd etishdi.

Shu sababli kopyuterdan foydalanish paytida elektron manzillar, internet tarmogʻidagi ommaviy xizmatlardan foydalanishda juda ehtiyotlik bilan foydalanish zarur va xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilish talab etiladi.

Virusga qarshi dasturlar yordamida kompterlarni doimiy tekshirib borish va oʻz vaqtida xavfsizlik choralarini koʻrish zarur.

Sal oldin Yevropa politsiyasi rahbari Rob Ueynrayt, bir qator kiberhujumlar dushanba kuni ertalab amalga oshirilishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi. Uenraytga koʻra, keng qamrovli kiberhujumlar dunyoning 150 davlatida 200 mingga yaqin kompyuter foydalanuvchilarini tegib oʻtgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular