09:53 20 Oktyabr 2017
Efir
Rossiya prezidenti Vladimir Putin

Vladimir Putin jahon iqtisodiyoti kelajagi haqida soʻzladi

© Sputnik/ Mixail Klimentyev
Dunyoda
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)
110310

"Bir kamar - bir yoʻl" forumida soʻzlagan nutqi davomida Vladimir Putin Rossiya va Xitoy hamkorligi, AQSH ichki siyosatidagi kurashning boshqa davlatlarga xavfi haqida gapirdi va Shimoliy Koreya raketa dasturi atrofidagi holatga izoh berdi

TOSHKENT, 15 may — Sputnik. Xitoyda boʻlib oʻtgan "Bir kamar — bir yoʻl" forumida Rossiya prezidenti nutq soʻzlali va dunyodagi vaziyat, shu kunlarda 150 mamlakatlardagi kompyuter foydalanuvchilariga uyushtirilgan kiberhujumlar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xitoy bilan hamkorlik

Rossiya prezidenti Vladimir Putin qator ekspertlar tomonidan bildirilayotgan "Xitoy Rossiya iqtisodiyotini yutib yuborishi mumkin", degan hadiklarga izoh berib oʻtdi.

"Rossiya nimadandir qoʻrqadigan davlat emas. Shu narsa ravshan-ki, Xitoy harakatlari allaqanday yutib yuborishlarga qaratilmagan", — dedi Putin.

"Biz barcha qarorlarni hamkorlikda qabul qilamiz va bizga faqatgina foyda keltiradigan takliflarni maʼqullaymiz", — deya qayd etgan Rossiya rahbari.

Putinga koʻra, Moskva Pekin bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida.

"Biz kosmos boʻyicha hamkorliq qilyapmiz, bu muvaffaqiyatli kechmoqda va biz bu hamkorlikni kengaytirish niyatidamiz. Ayni vaqtda Xitoyga raketa dvigatellarini yetkazib berish masalasi kun muhokama qilinmoqda", — deb qayd etdi Putin.

Dunyodagi ahvol

Jahon iqtisodiyoti kelajagi va dunyodagi vaziyat haqida toʻxtalar ekan, Putin AQSH ichki siyosatidagi kurash xavfiga toʻxtalgan.

"Yirik va yetakchi siyosiy va iqtisodiy markazlarda mavhumlik elementlari ortib borayotgani kuzatilayotgan bir sharoitda, deylik, Qoʻshma shtatlar ichki siyosatida oʻta ziddiyatli kurash davom etayotganini koʻryapmiz, va bu holat nafaqat siyosat, balki iqtisodiyotda ham qandaydir asabiylikni yuzaga keltiradi", — deb taʼkidlagan Rossiya rahbari.

Vladimir Putin shuningdek, yakshanba kuni navbatdagi raketa sinovini amalga oshirgan KXDR atrofidagi vaziyatga ham izoh bergan.

"Har qanday holatda yadro va raketa sinovlarini nomaqbul deb hisoblaymiz. Koreya xalq demokratik respublikasi bilan muloqotga qaytish lozim, uni qoʻrqitishni bas qilib, muammoni tinchlik yoʻli bilan hal etish choralarini izlash kerak. Buning iloji bormi yoki yoʻq? Men iloji bor, deb hisoblayman", — degan Putin.

Putin KXDR bilan qilingan muloqot oʻz ijobiy samarasini bergan muloqot haqida eslatib oʻtgan.

"Bir necha yil oldin Pxenyan oʻz yadro dasturini toʻxtatgani haqida bayonot qilgan edi, "ammo, afsuski, ushbu muzokaralarda qatnashgan ishtirokchilarning sabri yetmadi".

"Mening fikrimcha, bu muloqotga qaytish lozim", — deb taʼkidlagan Putin.

Kiberhujumlar haqida

Rossiya prezidenti 12 may kuni dunyoning 150 davlatida kompyuter foydalanuvchilariga amalga oshirilgan kiberhujumlardan tashvishdaligini bildirgan.

"Umuman olganda bu (xakerlik hujumlari – tahr.) tashvishli holat, buning hech ijobiy tomoni yoʻq.  Ushbu tahdidlar manbasiga keladigan boʻlsak, menimcha Microsoft rahbariyati bu haqda ochiqchasiga aytdi: ular bu virusning birlamchi manbasi Qoʻshma Shtatlar maxsus xizmatlari ekanini qayd etishdi. Rossiyaning bunga hech qanday aloqasi yoʻq. Mana shunday sharoitlarda yana boshqacha taxminlarni eshitish juda gʻalati", — degan Putin.

Putinning soʻzlariga koʻra, tarqatilayotgan virus Rossiyaga jiddiy zarar yetkazmagan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi (30)

Asosiy mavzular