05:20 25 Noyabr 2017
Efir
Yaponiya malikasi Mako

Yaponiya: imperator saroyi malika Mako unashtiruviga izoh bermayapti

NORBERTO DUARTE / AFP
Dunyoda
Havola olish
213 0 0

Yaponiya imperatori saroyi boshqarmasi malika Makoning unashtiruvi - rasmiy bayonot emasligini maʼlum qildi

TOSHKENT, 17 may — Sputnik. Yaponiya hukumati malika Makoning oʻz kursdoshiga unashtirilgani haqidagi mish-mishlarga izoh bermasligini maʼlum qildi. "Bu haqda imperator saroyi boshqarmasi rasman xabar qilmas ekan, biz mish-mishlarga izoh bermaymiz", deb aytgan Tokioda oʻtkazilgan matbuot-anjumanida Vazirlar mahkamasi Bosh kotibi Yosixide Suga. RIA Novosti xabari asosida.

"Yaponiya imperatori saroyi boshqarmasi bu (yaʼni shahzoda Akisinoning qizi malika Mako unashtiruvi haqidagi mish-mishlar, tahr.) rasmiy xabar emasligini qayd etdi. Ayni vaqtda biz rasman xabar berilishini jimgina kutishga chogʻlanganmiz", — degan spiker.

Ilgariroq OAVlarda Yaponiya saroyi malikasi Mako hozirda yuridik firmada faoliyat yuritayotgan kursdoshiga unashtirilgan boʻlishi ehtimoli haqida xabarlar tarqalgan edi.

Malika Mako — imperator Akixitoning oʻgʻillaridan biri shahzoda Akisinoning toʻngʻich qizi. Akisino taxtga daʼvogarlar roʻyxatida akasi shahzoda Naruxitodan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

Malika Mako taxtga daʼvogarlik qila olmaydi, sababi imperatorlik oilasida taxtga faqatgina erkaklar vorislik qilishi mumkin. Shuningdek, malika Mako, qonunga muvofiq, turmushga chiqqach imperatorlik oilasi vakili hisobidan chiqariladi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Yaponiya imperatori Akixito hali hayotlik chogʻida oʻz oʻgʻli Naruxito foydasiga taxtdan voz kechishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular