17:20 21 Sentyabr 2017
Efir
Milliarder Alisher Usmonov

Alisher Usmonov: tuf senga, Aleksey Navalnыy

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
2974150

Kelib chiqishi Oʻzbekistondan boʻlgan rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish maqsadida muxolifatchi Aleksey Navalnыy ustidan Lyublino sudiga daʼvo arizasini bergan edi. Arizasi koʻrib chiqilishi arafasida milliarder Usmonov Navalnыyga video murojaat yoʻlladi

TOSHKENT, 18 may — Sputnik. Biznesmen Alisher Usmonov rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalnыyga atab yozgan murojaatida uni yolgʻonchilikda hamda rossiyalik tadbirkor obrazini obroʻsizlantirishga harakat qilishda aybladi.

"Bu videomurojaat hozircha sen haqiqatni gapiryapsan, deb oʻylayotgan odamlar uchun. Oʻylaymanki, sening haqiqiy yuzingni oshkor qilish vaqti keldi", — deb aytgan rolikda Usmonov.

Bugun Moskva Lyublino sudi Usmonovning oʻz shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish boʻyicha Aleksey Navalnыy ustidan bergan shikoyat arizasini koʻrib chiqish uchun tayyorgarlik ishlarini boshladi. Biznesmen muxolifatchi tomonidan berilgan bir nechta ayblovlarga raddiya berishni talab qilmoqda. Usmonov, oʻz daʼvo arizasida moliyaviy davolarni ilgari surmagan.

Video rolikda Alisher Usmonov Aleksey Navalnыy qarata faqat "sen"lab murojaat qilgan va oʻz raqibini nima uchun yaramas deb hisoblashini tushuntirgan.

"Sen men haqimda u Rossiyada soliqlarni toʻlamaydi, deb yolgʻon gapiryapsan. Xoʻsh, sen oʻzing qayerda soliqlarni toʻlayapsan? Va umuman toʻlayapsanmi? Mana men soliqlarni faqat Rossiyada toʻlayman. Sen miyasini qotirayotgan odamlar shuni bilishlarini xohlaymanki, men joriy yilda 2,7 mlrd rubl soliq toʻlaganim haqida deklaratsiya berganman va 10 yil ichida, agarda kursga oʻgiradigan boʻlsak, sal kam yarim milliard dollar soliq toʻlaganman" — deb taʼkidlagan biznesmen.

Shuningdek, Usmonov Navalnыyni iqtisodiy atamalarni bilmaslikda ayblagan hamda koʻchmas mulk va yer mulkchiligi haqidagi adabiyotlarni oʻqi, deya maslahat bergan va oʻzidan kechirim soʻrashni talab qilgan.

"Lyosha, sen kechirim soʻragin, iltimos. Oʻz manfaating yoʻlida kontekstdan bir-biriga toʻgʻri kelmaydigan faktlarni yulib olishni bas qil. Senga oʻxshaganlar ikki dunyoda ham meni hamma narsani bepul olgan oʻgʻri, jinoyatchi sifatida koʻrsata olmaydi. Chunki men, sendan farqli oʻlaroq, qadrdonim, hammasi uchun mehnatim, iqtidorim va halolligim bilan haq toʻlaganman. Va shu bois baribir meni oldimda hammasi uchun javob berishingga toʻgʻri keladi, Lyosha. Mana shu videoni tomosha qilayotgan odamlar, men, Alisher Usmonov halol tadbirkor, halol inson ekanligimni bilishlari men uchun juda muhim. Senga oʻxshaganlarning maqsadi esa, Aleksey Navalnыy, — qoʻlidan oʻgʻirlikdan boshqa hech narsa kelmaydigan Rossiya tadbirkori obrazini yaratishdir. Va bu ham yolgʻon. Sening meni ustimdan magʻzava agʻdarish uchun chiranishlaring esa — Moskaning filga akillashidan boshqa hech narsamas. Tuf senga, Aleksey Navalnыy!", — deya oʻz videomurojaatini mana shunday emotsional nuqtada tugatgan Alisher Usmonov.

Eslatib oʻtamiz, Lyublino tuman sudi Alisher Usmonov tomonidan berilgan daʼvo arizasini joriy yilning 30 may kuni koʻrib chiqishni belgilagan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular