Germaniya va Italiya aholisi “Rossiya xavfi”ga ishonmaydi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishVoyenniy parad, posvashonniy 72-y godovshine Pobedi v VOV
Voyenniy parad, posvashonniy 72-y godovshine Pobedi v VOV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Italiyaning 69%, Germaniyaning 60% va Fransiyaning 47% aholisi Rossiyaning Sharqiy Yevropa mamalkatlariga hujum qilishiga ishonmaydi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Italiya, Fransiya va Germaniya aholisi NATOning Rossiya Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlariga bostirib kirishi mumkinligi haqidagi bayonotlariga ishonmaydi. Buni Sputnik.Mneniya buyurtmasiga binoan Ifop kompaniyasi tomonidan Yevropa mamlakatlarida o‘tkazilgan so‘rovlar ko‘rsatdi.

So‘rovlar NATOning Brusseldagi sammiti oldidan Yevropaning eng tajribali bo‘lgan Ifop izlanishlar kompaniyasi tomonidan o‘tkazildi.

Italiya va Germaniyada so‘ralganlarning aksariyati (69% va 60%) hamda Fransuzlarning 47% Rossiyaning Polsha va Boltiqbo‘yi mamalkatlarini egallab olish rejalari borligiga ishonishmadi. Bunday fikrda bo‘lganlarning aksariyati — katta yoshdagi, o‘qimishli fuqarolar.

Buyuk Britaniya va AQShda esa aksincha,  ta’lim darajasi yuqori bo‘lgan fuqarolar Rossiyaning Sharqiy Yevropaga bostirib kirish niyati borligiga ishonishadi. So‘rovda britaniyaliklarning 43% va amerikaliklarning 55% bunga ishonishini bildirdi. AQShda bundaylarning aksariyati demokratlar bo‘lib chiqdi.

So‘rov Fransiyaning eng tajribali izlanishlar kompaniyasi bo‘lgan IFop kompaniyasi tomonidan Yevropada 2017-yilning 21-25 aprel kunlari o‘tkazildi. AQShda esa 21-27 aprel kunlari. So‘rovda 18 yoshdan katta bo‘lgan, 4005 respondent ishtirok etdi. SO‘rov xatolik ehtimoli +/- 3 %ni, ishonchlilik ehtimoli 95 %ni tashkil qiladi.

2016 ilning iyun oyida NATO "Rossiya xavfi"dan himoya qilish maqsadida Litva, Latviya, Estoniya va Polshada to‘rt batalon joylashtirdi. Moskva o‘z navbatida Rossiya hech qachon shimoliy alyans mamlakatlariga hujum qilmaydi deb ta’kidlagan edi. Sergey Lavrov aytishiga qaraganda, NATO buni juda yaxshi biladi, lekin shu bahona ko‘proq qo‘shnni Rossiya chegaralariga yaqinroq joylarda joylashtirishni istaydi.

Sputnik.Mneniya - jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Sputnik.Mneniya o‘tkazgan boshqa so‘rov natijalari bilan quyida tanishing: http://sputniknews.com/trend/sputnik_polls_2016/

Yangiliklar lentasi
0