Tojikistonga Rossiyaning "Iskander-M" raketa majmualari keltirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum "ARMIYa-2016". Den vtoroy
Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum ARMIYa-2016. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning fikricha, ittifoqchilar Tojikistonga tahdid soluvchi Afg‘oniston shimolidagi qurolli guruhlarni bilvosita ogohlantirishmoqda

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Tojikistonga ilk marta "Dushanbe-Antiterror — 2017" hamkorlikdagi antiterror mashg‘ulotlarida foydalanish uchun "Iskander-M" tezkor-taktik raketa majmualari keltirildi, dedi Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-polkovnik Vladimir Zarudniskiy. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

"Toskoe raketa brigadasining "Iskander-M" tezkor-taktik majmualari hamkorlikdagi "Dushanbe-Antiterror — 2017" antiterror mashg‘ulotlari uchun ilk marta Tojikistonga keltirildi. Majmualar Rossiya HKKning An-124-100 "Ruslan" samolyotlari yordamida olib kelindi", — dedi qo‘mondon.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHTning Ostonadagi sammitida terrorizm va ekstremizmga qarshi hujjatlar imzolanadi

General Zarudniskiyning aytishicha, mashg‘ulotlar davomida raketachilar tog‘dagi shartli jangarilarning lageriga ushbu raketa orqali zarba berishadi.

Ilgariroq Tojikiston poytaxti yaqinidagi Ayniy aerodromiga Rossiyaning Shagol aviabazasidan Su-24M bombardimonchi samolyotlari kelib qo‘ngandi.

"Dushanbe-Antiterror — 2017" — Hamdo‘stlik mamlakatlari qurolli kuchlari jalb etilgan MDH antiterror markazining ilk mashg‘ulotidir. Mashg‘ulotlar 30-may kuni boshlanadi.

Ilgariroq dushanbelik mustaqil ekspert Jamshed Mamajonov "Dushanbe — Antiterror — 2017" mashg‘ulotlari haqida o‘z fikrini bildirgandi.

"MDH mamlakatlari tojik-afg‘on chegarasi yaqinida mashg‘ulot o‘tkazish bilan nafaqat tashqi tahdidlarga nisbatan jangovar tayyorgarlikni tekshirishmoqda. Ittifoqchilar Tojikistonga tahdid soluvchi Afg‘oniston shimolidagi qurolli guruhlarni bilvosita ogohlantirishmoqda", — dedi u.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0