12:26 20 Yanvar 2018
Efir
Prezident Tadjikistana Emomali Raxmon

Tojikiston prezidentining qizi diplomatiya sirlari haqida kitob yozdi

© Sputnik/ Sergey Pyatakov
Dunyoda
Havola olish
23701

Asarda Tojikiston diplomatiyasining strategik maqsadlarni amalga oshirishga doir vazifalari, Tojikistonning BMT va boshqa mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisida toʻxtalgan, tojik diplomatiyasining qisqa tarixi va mamlakatning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari haqida umumiy maʼlumotlar keltirilgan

TOSHKENT, 8 iyun — Sputnik. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi xalqaro tashkilotlar boshqarmasi rahbari oʻrinbosari, mamlakat rahbarining qizi — Ruhshona Rahmonovaning "Diplomatik xizmat asoslari" nomli kitobi taqdimoti marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot-xizmati.

Tadbirda vazirlik xodimlari, diplomatik xizmat veteranlari, olimlar va xalqaro munosabatlar mutaxassislari ishtirok etishgan.

Tadbirda chiqish qilganlar "Diplomatik xizmat asoslari" kitobi Tojikiston tashqi siyosatidagi asosiy siyosiy va huquqiy asoslar bayon etilgan birinchi asar boʻlganini taʼkidlashgan. Taʼkidlanishicha, asarda Tojikiston diplomatiyasining strategik maqsadlarni amalga oshirishdagi vazifalari, mamlakatdagi masalalar, Tojikiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti va boshqa mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligi toʻgʻrisida toʻxtalgan. Shuningdek, tojik diplomatiyasining qisqa tarixi va Tojikistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari haqida umumiy maʼlumotlar keltirilgan.

Prezentatsiya knigi Osnovы diplomaticheskoy slujbы
Prezentatsiya knigi "Osnovы diplomaticheskoy slujbы"

Kitobga shuningdek, diplomatik xizmat va xalqaro munosabatlarni tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda diplomatik terminlarning qisqacha lugʻati ilova qilingan. 

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston prezidenti toʻqqiz nafar farzand — yetti qiz va ikki oʻgʻilning otasi. Rahmonning eng kenja oʻgʻli — Somoniy — maktabda oʻqiydi. 28 yashar Rustam Emomali esa Dushanbe meri etib tayinlangan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular