Salvador Dalining jasadi eksgumatsiya qilinishi mumkin

© Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishVistavka rabot Salvadora Dali v GMII imeni A.S.Pushkina
Vistavka rabot Salvadora Dali v GMII imeni A.S.Pushkina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Otalik huquqini tasdiqlash maqsadida Ispaniya sudi qaroriga binoan Salvador Dalining jasadi eksgumatsiya qilinishi mumkin.

TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Madrid shahar sudi rassom va haykaltarosh Salvador Dalining jasadi eksgumatsiya (qayta qazib olish) qilish haqida qaror chiqardi, deb yozmoqda dunyoning yetakchi nashrlari.

Bunga Jirona shahrida yashovchi Pilar Abel Martines ismli folbin ayolning arizasi sabab bo‘lgan. Ayol Salvador Dali uning otasi ekagnligini aytib da’vo qilgan. Genetik ekspertiza ushbu mojaroga nuqta qo‘yishi kerak.  Abelning advokatlari aytishiga ko‘ra, eksgumatsiya iyul oyida bo‘lishi mumkin.

Salvador Dali 1989-yilning 23-yanvarida, 85 yoshida vafot etgan. U o‘z qabrini "odamlar oyog‘i ostida" bo‘lishini vasiyat qilib qoldirgan. Shu sababli Dalining qabri Figares shahridagi Dali nomli muzey-teatr xonalaridan biri ostida joylashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0