Xitoy o‘zi ishlab chiqargan esminesni suvga tushirdi

© REUTERS / China Stringer NetworkXitoy o‘zi ishlab chiqargan esminesni suvga tushirdi, 28-iyun 2017-yil
Xitoy o‘zi ishlab chiqargan esminesni suvga tushirdi, 28-iyun 2017-yil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kema havo, raketa, kema va qayiqlar hujumiga qarshi majmualar bilan jihozlangan

TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Xitoy chorshanba kuni o‘zi ishlab chiqargan esminesni suvgsha tushirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Xitoy markaziy televideniresiga tayangan holda.

Xitoy qurgan avianoses - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy o‘zi qurgan avianosesni butun jahonga ko‘z-ko‘z qildi
Xabarda qayd etilishicha, tantanali marosim ertalab Shanxayda, Jiangnan Shipyard kompaniyasiga qarashli kemasozlik korxonasida bo‘lib o‘tgan.

Suv sig‘imi 10 ming tonnalik "005" rusumli ushbu esmines Xitoy esmineslari orasida yangi avlod eskadra minatashuvchisi sifatida tanishtirilgan.

Kema havo hujumiga qarshi, raketa hujumiga qarshi, kema hujumiga qarshi va qayiqlar hujumiga qarshi majmualar bilan jihozlangan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0