Rad etilgan Merkel yoxud Trampning dunyo sahnasidagi "qovun tushirishlari"

© REUTERS / Brendan McDermidTramp rafiqasi Melaniya bilan
Tramp rafiqasi Melaniya bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RIA Novosti nashri Tramp dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlarda qanday noqulay vaziyatlarga tushganini yodga oldi

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Donald Trampning Fransiyaga qilgan oxirgi safari ham "qovun tushirishsiz" kechmadi: Fransiya yetakchisi bilan uchrashgan Amerika prezidenti Emmanuyel Makronning rafiqasi Bridjitga o‘rinsiz xushomad qilib, uning tashqi ko‘rinishini maqtadi.

RIA Novosti nashri Tramp dunyo yetakchilari bilan uchrashuvlarda yana qanday noqulay vaziyatlarga tushganini yodga oldi.

Bezarar turtish

Brusselda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti davomida Tramp o‘z oldida turgan Chernogoriya Bosh vaziri Dushko Markovichni keskin chetga surdi. Ushbu hodisa NATOga a’zo mamlakatlar yetakchilari alyansning yangi shtab-kvartirasini ko‘zdan kechirishayotgan vaqtda yuz berdi.

Trampning bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, Oq uy saytida esa Trampdan Markovich oldida kechirim so‘rashni talab qilib, petitsiya ostida imzolar to‘play boshlashdi.

Ammo Markovichning o‘zi hodisani "bezarar" deb baholab, Amerika prezidenti uchun old qatorda turish bu "tabiiy hol" deb ta’kidladi.

Qaytarvoring, yaxshi eshitmadim

Germaniya kansleri Angela Merkelning mart oyida Vashingtonga tashrifi davomida ham o‘ta noqulay bir vaziyat yuzaga keldi.

Muzokaralardan so‘ng Merkel va Tramp Oq Uyda fotosuratchilar bilan uchrashishdi. Qaysidir daqiqada jurnalistlar yetakchilardan bir-birining qo‘lini siqishlarini so‘radilar. Kansler hamkasbi tomon egilib, Trampdan "qo‘limni siqasizmi" deya so‘radi. Ammo Tramp Merkelning so‘zlarga hatto qosh qoqmadi. Sal vaqt o‘tib Amerika prezidenti Merkelning taklifini eshitmaganini bildirdi.

Ammo OAVlarning ayrimlari Tramp bu ishni ataylab qilganini — u ikkiyoqlama kelishmovchiliklarni shu tarzda ifolagani haqida yozishdi.

Qo‘l siqish jangi

Tramp o‘z hamkorlarining qo‘lini qattiq siqishi bilan mashhur. Ayrimlarning taxminiga ko‘ra, Amerika prezidenti shu tarzda o‘z kuchi va ustunligini namoyon qilarmish.

Ammo Ar-Riyodda o‘tgan sammitda Tramp Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon yuzida o‘ziga munosib raqibni uchratdi.

Prezidentlar o‘rtasidagi qo‘l siqishish 7 soniyacha davom etdi va arqon tortish o‘yinini esga soldi.

OAVlarning fikricha bu musobaqada Rahmon g‘olib bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0