Shri-Lankada ochiq dengizga olib ketilgan ikkita fil qutqarildi

Obuna bo‘lish
Bu so‘nggi vaqtlarda ikkinchi marotaba qaytarilayotgan hodisadir

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Shri-Lanka Harbiy dengiz kuchlari tomonidan o‘tkazilgan 12 soatlik operatsiya davomida ochiq dengizga olib ketilgan ikki yosh fillarni qutqarishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Daily Mailga tayangan holda.

Jonivorlarni avvaliga qirg‘oq yaqinida ko‘rib qolishgan. Taxminlarga ko‘ra, fillar Kokkilay ko‘rfazidan o‘tayotgan vaqtda, ular ochiq dengizga olib ketilgan.

G‘avvoslar operatsiya davomida hayvonlarni arqonlar bilan bog‘lab, qirg‘oq tomon tortganlar va so‘ngra qo‘yib yuborganlar. Fillar sog‘-omonligi aytilmoqda.

Bu so‘nggi vaqtda ikkinchi marotaba qaytarilayotgan hodisadir. Ilgariroq, 12-iyul sanasida ham harbiylar ochiq dengizga olib ketilgan filni qutqargan edilar.

Yangiliklar lentasi
0