10:04 20 Oktyabr 2017
Efir
ress-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov

Peskov Ukraina chegarasi yaqinida qoʻshinlar kuchaytirilganiga izoh berdi

© Sputnik/ Mixail Klimentyev
Dunyoda
Havola olish
700 0 0

Biroz oldin Ukraina harbiy qoʻmondonligi chegara yaqinida joylashtirilgan Rossiyaning "zarba beruvchi" kuchlari haqida xabar qilgan edi.

TOSHKENT, 24 iyul — Sputnik. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina chegarasi yaqinida joylashtirilgan qoʻshimcha harbiy kuchlar borasida izoh berdi.

Bundan oldin Ukraina Bosh shtabi chegara yaqinida Rossiya qoʻshimcha uchta moto-oʻqchi diviziyalar joylashtirigani va ushbu harbiy kuchlar "zarba beruvchi" kuchlar ekanini xabar qilgan edi.

"Rossiya oʻz hududida qoʻshnlar joylashish tartibini oʻz maqsadlariga muvofiq oʻzgartirish huquqiga ega", — deb izoh berdi Dmitriy Peskov ushbu xabarlarga.

Shuningdek, Rossiya prezidentining matbuot kotibi ushbu masala borasida aniq maʼlumot olish uchun Mudofaa vazirligiga murojaat qilishni maslahat berdi.

Asosiy mavzular