OAV: amerika kompaniyasi o‘z xodimlari tanasiga mikrochiplarni o‘rnatadi

Obuna bo‘lish
Har biri 300 ming dollarga baholanadigan mikrosxemalar tanaga mutlaqo bepul kiritiladi

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Amerikaning Viskonsin shtatida joylashgan Three Square Market kompaniyasi o‘zining 50 nafar xodimi terisi ostiga mikrochiplarni kiritadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
AQSh dunyoning istalgan kompyuteriga kirish huquqiga ega bo‘ldi

Bunday choralarni qo‘llashdan maqsad odamlarning firma elektron uskunalariga ulanishlarida yengillik yaratishdir, deb qayd etilgan xabarda. Xususan, mikrochiplar kompyuterlarga ulanish va ofis texnikasidan foydalanish imkonini berar ekan.

Har biri 300 ming dollarga baholanadigan mikrosxemalar tanaga mutlaqo bepul kiritiladi.

Nashr xabariga ko‘ra loyihaning barcha ishtirokchilari ushbu operatsiyaga ko‘ngilli tarzda rozi bo‘lganlar.

Yangiliklar lentasi
0