10:00 20 Oktyabr 2017
Efir
Ofitsialnыy predstavitel ministerstva inostrannыx del Rossii Mariya Zaxarova

Rossiya "Tolibon"ga qurol yetkazib bergani haqidagi xabarlarni inkor qildi

Sputnik / Sergey Pyatakov
Dunyoda
Havola olish
45610

Zaxarova aytishiga qaraganda, AQShning taaluqli tuzilmalari oʻz oʻyinlarida CNNdan ishonchli qurol sifatida foydalanmoqda.

TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Rossiya TIVi rasmiy vakili mariya Zaxarova AQShning CNN kanali tarqatgan, Rossiya Afgʻonistondagi "Tolibon" harakatiga qurol-yarogʻ yetkizib bergani haqidagi xabarlarni inkor qildi.

Zaxarova aytishiga qaraganda amerika axborot agentligi ataylab yolgʻon xabar tarqatmoqda.

"Biz birinchi marta amerika OAVlarida Rossiya "Tolibon"ga qurol yetkizib berayotgani haqidagi yolgʻon xabarlar tarqatilayotganining guvohi boʻlayotganimiz yoʻq. AQShning taaluqli tuzilmalarining bunday oʻyinlarida — CNNdan ishonchli qurol sifatida foydalanmoqda", — dedi TIV rasmiy vakili "Govorit Moskva" radiokanali efirida.

Bundan oldin CNN Kalashnikov avtomatlari, snayper vintovkalari va ogʻir pulemyotlar bilan qurollangan "Tolibon" jangarilarining fotosuratini chop etgan va goʻyoki ushbu qurollar Rossiya tomonidan Eron va Tojikiston orqali yetkizib berilayotgani xabar qilgan edi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning fevral oyida ham shunga oʻxshash voqea sodir boʻlgan edi. Oʻshanda Afgʻoniston parlamenti deputi Abduvadud Paymon Rossiya toliblarga tunda Panj daryosi orqali tunlari konteynerda qurol yetkizib berayotganini xabar qilgan edi.

Shundan soʻng Tojikiston TIVi Afgʻonistonning mamalkatdagi elchisiga "Norozilik notasi yuborgan va deputat oʻz soʻzlariini qaytib olishga majbur boʻlgan edi. Tojikistonning Afgʻonistondagi elchisi esa, Tojikiston orqali Rossiya qurollariini yetkizib berishning mutlaq iloji yoʻq degan edi.

Asosiy mavzular