Tramp Xitoyga nisbatan tergov ishlarini boshlashga buyruq berdi

© REUTERS / Lucy NicholsonAQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Bu katta qadam, va bu faqat boshlanishi", - deb aytmoqda Tramp

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Xitoy tomonidan Amerikaga tegishli intellektual mulkning talon-taroj qilinishi masalasini o‘rganishga buyruq berganini ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: "Agar Xitoy yordam bermasa, Shimoliy Koreya muammosini mustaqil hal qilamiz"
"Men savdo muzokaralari chog‘ida AQSh vakiliga Amerika texnologiyalari va Amerika intellektual mulkini talon-taroj qilinishi yuzasidan Xitoy yuritayotgan siyosat va uning harakatlarini o‘rganib chiqishni buyurdim", — deb aytgan u Oq uyda chiqishi davomida.

Amerika yetakchisi "rasmiy Vashington adolatli savdo-sotiqni ta’minlash uchun qoidalarni murakkablashtirishga tayyor" deya ta’kidlab o‘tgan.

"Bu katta qadam, ammo bu faqat boshlanishi", — degan Tramp.

Intellektual mulk huquqining buzilishi masalalarida Amerika tomonidan Xitoyga nisbatan tergov ishlari boshlanishi Vashington va Pekin o‘rtasida "savdo urushi" yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin, deb izohlamoqda vaziyatni China Daily nashri.

Eslatib o‘tamiz, intellektual mulk qoidalari buzilishiga doir masalalar bo‘yicha Xitoyga nisbatan tergov ishlari boshlanishi haqidagi xabarlar o‘tgan hafta tarqalgan edi.

Pekin forumida oliy martabali mehmonlarni kutib olayotgan faxriy qorovul - Sputnik O‘zbekiston
KXDR Pekin forumida qatnashgani uchun AQSh Xitoyga norozilik notasini yo‘lladi
Politico nashrining yozishicha, Tramp bunda 1974-yildagi Savdo aktining 301 moddasidan foydalanishni rejalashtirmoqda. Tergov ishlarining boshlanishi hozirning o‘zidayoq Xitoyga nisbatan sanksiyalar kiritilishini bildirmasada, ammo rasmiy Vashington istiqbolda eksport tovarlar uchun biroqlama tartibda cheklovlar o‘rnatish imkonini beradi.

Bu esa o‘z navbatida Xitoy mahsuloti uchun import bojlari o‘sishiga olib kelishi mumkin.

Bir necha kun oldin, 29-iyul kuni, Tramp o‘zining Twitterdagi akkauntida Shimoliy Koreya muammosini hal qilish masalasida Xitoy tomonidan bo‘layotgan harakatsizliklan "o‘ta taassufda" ekanligini yozgan edi.

Yangiliklar lentasi
0