AQShda odam savdosida ayblanayotgan o‘zbekistonlik uch muhojir qidirilmoqda

© FotoliaAmerika politsiyachilari
Amerika politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2005 yilning iyun oyida ICE va AQSh Ichki xavfsizlik departamenti O‘zbekistonning bir nechta fuqarolari hamda nolegal immigrantlarni majburan ishga joylash bilan shug‘ullangan Giant Labor Solutions (GLS) kompaniyasiga nisbatan tergov ishlarini boshlagan

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. AQShda odam savdosida ayblanib uch nafar o‘zbek immigrantlari ustidan qidiruv e’lon qilingan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari bojxona va immigratsiya nazorati xizmati (ICE) odam savdosi va firibgarlikda ayblanayotgan uch nafar o‘zbekistonlik immigrantlarni qidirmoqda.

Muassasa saytida yozilishicha, ular 32 yashar Rustamjon Shukurov, 35 yashar Sanjar Agzamov va 30 yashar Nodir Yunusovlardir.

Gosdep podtalkival Uzbekistan k konfliktu s Kirgizstanom — Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
AQSh O‘zbekistonni Qirg‘iziston bilan mojaro boshlashga undagan - Atambayev
2005 yilning iyun oyida ICE va AQSh Ichki xavfsizlik departamenti O‘zbekistonning bir nechta fuqarolari hamda nolegal immigrantlarni majburan ishga joylash bilan shug‘ullangan Giant Labor Solutions (GLS) kompaniyasiga nisbatan tergov ishlarini boshlagan.

AQShning bir nechta maxsus xizmatlari va huquq tartibot organlari 4-yil davomida GLS faoliyati ustidan nazorat olib borishgan. Oqibatda, 2009-yilning may oyida kompaniyaga mehnatga undash va chet elliklar bilan mehnat shartnomalari borasida firibgarlikka yo‘l qo‘yish bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan.

O‘shanda tashkilotning aksariyat xodimlari qo‘lga olingan. Kanzas-Siti va Sent-Luis, Missuri shaharlarida odam savdosi qurboniga aylangan 40dan ziyod kishi qutqarib qolingan. Ammo GLS ning bir nechta a’zolari qochishga muvaffaq bo‘lgan, ular orasida Sanjar Agzamov, Nodir Yunusov va Rustamjon Shukurovlar ham bo‘lgan.

2010 yilning yanvarida sud GLS xodimlariga qarshi majburiy mehnatning 59 punkti va chet elliklar bilan mehnat shartnomasini tuzishda 20ta holatda firibgarlikka yo‘l qo‘yganlik bo‘yicha ayblovlar e’lon qilgan.

Yangiliklar lentasi
0