04:36 18 Yanvar 2018
Efir
Facebook asoschisi M.Tsukerberg

Tsukerberg yana bir qizli boʻldi

© Sputnik/ Ramil Sitdikov
Dunyoda
Havola olish
92 0 0

Feysbuk ijtimoiy tarmogʻi asoschisi qiziga Avgusta deb ism qoʻydi

TOSHKENT, 28 avg — Sputnik. Jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Tsukerberg ikkinchi farzandi dunyoga kelgani haqida xabar berdi, deb yozadi RIA Novosti.

"Azizam Avgusta, bu dunyoga xush kelibsan! Oyijoning va men sening kim boʻlishingni intizorlik bilan kutmoqdamiz", — deb yozgan Tsukerberg oʻzi asos solgan ijtimoiy tarmoqda.

Ilgariroq Tsukerberg qizi dunyoga kelgach, ikki oy dekret taʼtilini olishi haqida maʼlum qilgan va Facebook rahbariyati baxtiyor ota-onaga toʻrt oy dekret taʼtilini taqdim etganini taʼkidlab oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Mark Tsukerberg — 33 yoshli biznesmen, Facebook ijtimoiy tarmogʻi asoschisi. Garvard universitetida ikkinchi kursdaligida Tsukerberg oʻqishni tashlagan va toʻliq oʻz biznesi bilan shugʻullanishni boshlagan. 2017 yilning birinchi yarim yilligida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni 2,01 milliardga yetgan.

2012 yilda u Pristsilla Changa uylangan, 2015 yilning dekabrida juftlik ilk bor ota-onalik baxtiga muyassar boʻlishgan. Birinchi qizlarining ismi Maksima.

Asosiy mavzular