Poroshenko xorijiy fuqarolarni biometrik nazoratdan o‘tkazish to‘g‘risida qarorni imzoladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVvedenie bezvizovogo rejima Ukraini s YeS
Vvedenie bezvizovogo rejima Ukraini s YeS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qaror 2018-yil boshidan kuchga kiradi. Uning ijrosini nazorat qilish Ukraina Milliy xavfsizlik xizmatiga yuklatildi

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko chegarada xorijiy fuqarolarni biometrik nazoratdan o‘tkazish to‘g‘risida qarorni imzoladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Prezident Ukraini P. Poroshenko - Sputnik O‘zbekiston
Poroshenko Ukraina Konstitutsiyasida Qrim maqomini o‘zgartirishni buyurdi

Qaror matni Ukraina prezidenti saytida keltirilgan. Yangi qaror 2018-yil boshidan kuchga kiradi. Uning ijrosini nazorat qilish Ukraina Milliy xavfsizlik xizmatiga yuklatilgan.

Ukrainaga kirish uchun chet el fuqarolari chegarada barmoq izlarini topshirishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, Ukrainaga amalga oshiriladigan tashrif haqida oldindan ma’lumot yuborilishi zarur. Axborot yuborish mexanizmini ishlab chiqish haqida prezident ikki oy muddat berdi. Bir oy ichida xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish ishlarini tartibga keltirish haqida topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, xavfli migratsiya darajasidagi davlatlar ro‘yxatini yangilash haqida topshiriq berilgan. Mazkur ro‘yxatga Rossiya kiritilgan.

Ukrainada xorijiy fuqarolarni biometrik nazorat qilish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda Ukrainaga kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqaro oldindan ma’lumotni taqdim etishi zarur bo‘ladi. Ikkinchi bosqichda biometrik pasport yoki biometrik ma’lumotlar chegarada qayd etiladi. Uchinchi bosqichda xorijiy fuqaro kelgan joyda ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

Ukraina MXX kotibi Aleksandr Turchinovning ma’lumotga ko‘ra, bu nazorat birinchi navbatda Rossiya fuqarolari uchun tatbiq etiladi. Ukraina parlamentida Rossiya bilan viza tartibini joriy qilish bo‘yicha masala ko‘tarilgan. Lekin Kiyevda bu harakatlar ukrainaliklarning o‘ziga salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirilgan.

Yangiliklar lentasi
0