07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Bыvshiy prezident Gruzii, eks-gubernator Odesskoy oblasti Mixail Saakashvili (v tsentre)u punkta propuska Shegeni na ukrainsko-polskoy granitse

Poroshenko: Saakashvili Ukraina chegarasini noqonuniy kesib oʻtdi

Sputnik / Aleksey Vovk
Dunyoda
Havola olish
103931

Saakashvili yakshanba kuni kechqurun oʻzining tarafdorlari koʻmagida Polshadan Ukrainaga chegarachilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orasidan chegarani "yorib" oʻtdi.

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenko sobiq Gruziya prezidenti va Odessa gubernatori Mixail Saakashvili Ukraina davlat chegarasini kesib oʻtishi holatini qoibuzarlik deb atab, bunga aybdor boʻlgan shaxslar huquqiy javobgarlikka belgilanishi kerakligi maʼlum qildi. RIA Novosti xabariga koʻra.

Ukraina fuqaroligidan mahrum boʻlgan Saakashvili yakshanba kuni kechqurun oʻz tarafdorlari koʻmagida Polshadan Ukrainaga chegarachi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari orasidan "Shegini" chegara punktidan "yorib" oʻtdi.

Ukraina davlat chegara xizmati boshligʻi yordamchisi Oleg Slobodyan soʻzlariga koʻra, Saakashvili Ukraina chegarasini noqonuniy ravishda kesib oʻtdi. Chunki u chegara nazoratidan oʻtmagan. Chegarani noqonuniy kesib oʻtish holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ukraina chegara xizmati matbuot xizmatiga koʻra, chegaradagi toʻqnashuvlarda 10 ta chegarachilar va 12 ta politsiya xodimlari jarohatlandi.

"Jinoyat sodir boʻldi, chunki davlat chegarasini daxlsizligi haqida konstitutsiyaviy tamoyil mavjud. Bu davlat milliy xavfsizligi masalasidir. Menga farqi yoʻq — kim davlat chegarasini buzadi, hoh janubdan terrorchilar boʻlsin, hoh gʻarbdan siyosatchilar boʻlsin. Bunga aniq huquqiy javobgarlik boʻlishi kerak", — deb taʼkidladi Poroshenko.

Shuningdek, Poroshenko Saakashvilini fuqarolikdan mahrum etish boʻyicha sudning istalgan qarorini bajarishini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular