08:49 23 Noyabr 2017
Efir
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In

Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini rad etdi

REUTERS / KCNA
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (59)
463 0 0

KXDR Tashqi ishlar vazirligi "sanktsiyalar borasida navbatdagi noqonuniy rezolyutsiyaning qabul qilinishi" Shimoliy Koreyani u tanlagan yoʻl haqiqatda toʻgʻriligiga yana bir bor ishontirdi", deya alohida taʼkidlagan

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Shimoliy Koreya oltinchi marotaba yadroviy sinovlarni oʻtkazgan Pxenyanga nisbatan sanktsiyalarni yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan BMT Xavfsizlik kengashining yangi rezolyutsiyasini keskin rad etadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

KXDR TIV tomonidan eʼlon qilingan rasmiy bayonotda aytilishicha, "Rezolyutsiya" AQSH tomonidan turli tuban va agressiv vositalar yordamida atay uyushtirilgan. "Shu bois, Shimoliy Koreya oʻzini himoya qilishga boʻlgan qonuniy haq-huquqlaridan uni mahrum etishga hamda keng miqyosdagi iqtisodiy qamal yordamida davlat va fuqarolarni boʻgʻib qoʻyishga yoʻnaltirilgan, yaramas fitna mahsuloti boʻlgan BMT XKning "2375 rezolyutsiyasini" eng qatʼiy ohanglarda qoralaydi va oʻta keskin tarzda rad etadi".

KXDR Tashqi ishlar vazirligi "sanktsiyalar borasida navbatdagi noqonuniy rezolyutsiyaning qabul qilinishi" Shimoliy Koreyani u tanlagan yoʻl haqiqatda toʻgʻriligiga yana bir bor ishontirdi", deya alohida taʼkidlagan.

Shimoliy Koreya mintaqada tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish, mamlakat suverenitetini va davlat sifatida mavjud boʻlish huquqini himoyalash uchun oʻz qudratini ikki hissa kuchaytirishga va bu borada AQSH bilan tenglashib olishga vaʼda bergan.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan KXDRga nisbatan yangi sanktsiyalar kiritilishi uchun ovoz berdi. Cheklovlar Pxenyanning eksport va import imkoniyatlarini sezilarli darajada qisqartirishga yoʻnaltirilgan.

2375 raqami bilan nomlangan rezolyutsiya XXI asrda BMT tomonidan qoʻllangan eng qatʼiy tartibdagi sanktsiyalar sirasiga kiritildi.

Hujjatga muvofiq, KXDRga neft va qayta ishlangan neft mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar qoʻyilgan.

Shimoliy Koreya shuningdek, kondensatlar va suyuq gaz kondensatlarini xarid qilish hamda toʻqimachilik mahsulotlarini sotish huquqidan mahrum etilgan. Barcha davlatlarga KXDR fuqarolariga ishlash huquqini beruvchi hujjatni berish taqiqlangan.

Eslatib oʻtamiz, 3 sentyabr kuni KXDR mintaqalararo ballistik raketalar uchun moʻljallangan vodorod oʻqini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazganini maʼlum qildi. Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari sinovdan oʻtkazilgan oʻq quvvatini 120-160 kilotonnga teng, deya baholashmoqda. Bu esa Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga 1945 yilda tashlangan eng qudratli atom bombalaridan bir necha barobar kuchliroq deganidir. Ushbu sinov Pxenyan tomonidan oʻtkazilgan oltinchi sinov boʻldi. Undan bir hafta oldin esa KXDR Yaponiya hududi ustidan ballistik raketani uchirgan edi.

Mavzu:
Koreya yarimorolida vaziyatning oʻtkir tus olishi (59)

Asosiy mavzular