BAA Bangladeshdagi qochqinlarga shoshilinch yordam ko‘rsatmoqda

© AP Photo / Bernat ArmangueRoxindja v lagere bejensev v Bangladesh
Roxindja v lagere bejensev v Bangladesh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Birlashgan Arab Amirliklari Bangladeshdagi qochqinlarga favqulodda insonparvarlik yordamini yubordi

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari Myanmadan Bangladeshga kelgan qochqinlar yig‘ilgan huqudga shoshilinch insonparvarlik yordamini yubormoqda, deb xabar qildi RIA Novosti WAM davlat axborot agentligiga tayangan holda.

Qochoqlar Bangladesh-Myanma chegarasini kesib o‘tishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Myanmadagi qochqin musulmonlarga insonparvarlik yordamini yuboradi - TIV bayonoti
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 25-avgustda ro‘y bergan mojarodan so‘ng roxinya xalqi vakillarining 370 ming nafarga yaqini Myanmadan Bangladeshga qochib o‘tgan. Rakxayn shtatini tark etib, Bangladeshga boshpana izlab ketishga majbur bo‘layotgan jami 1,1 million kishidan tashkil topgan roxinyalar mamlakatning 90 %i buddistlardan tashkil topgan Myanma (avvalgi Birma) davlatida istiqomat qilib kelgan.

Joriy yil 25-avgust kuni zo‘ravonliklar boshlanganidan so‘ng ommaviy ravishda Bangladeshga qochishga majbur bo‘lganlar.

Qochqinlar harbiylar va budparastlar Roxina viloyatiga hujum qilganlarini va tinch aholini qirishni boshlaganlarini aytmoqdalar.

2012 yilda budpasrastlar va roxinya musulmonlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar paytida yuz ming musulmon mamlakatni tark etishga majbur bo‘lgan edi.

BAA vitse-prezidenti va Bosh vaziri, Buday hukmdori Muhammad bin Rashid Al Mahtum Kutupalongda tashkil qilingan qochqinlar lageriga B747-400 samolyotida insonparvarlik yordami yuborilishiga buyruq bergan.

Samolyot bortida qochqinlar uchun palatkalar ham borligi aytilmoqda.

Etnicheskiy Roxindja s veshevim meshkom na golove okolo Bangladeshskoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Myanma harbiylari qochqinlar qaytib kelmasligi uchun Bangladesh chegarasida minalar qo‘ymoqda
Yuborilayotgan yordam 733 ming 569 dollarga baholangan.

Ilgariroq BMT rahbariyati Myanmadagi qochoqlarga yordam uchun $7 mln ajratilishi haqida ma’lum qilgan edi.

Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Islom hamkorlik tashkiloti sammitida ham Myanmadagi musulmonlar bilan bog‘liq muammo ko‘tarilgan edi. Xususan, Qozog‘iston prezidenti Myanmadagi vaziyat IHT a’zo davlatlarini tashvishlantirayotganini aytib, Myanma hukumatini zo‘ravonliklarni to‘xtatishga va mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan edi.

Kuni kecha O‘zbekiston hukumati myanmalik qochqin musulmonlarga insonparvarlik yordamini yuborishini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0