04:45 24 Sentyabr 2017
Efir
Vid goroda Kabul

Dunyoning eng "nomehmondoʻst" davlatlari roʻyxati tuzildi

© Sputnik/ Alexander Grashenkov
Dunyoda
Havola olish
228130

Ushbu davlatlarda vizasiz kirish tartibi toʻgʻrisidagi bitimlar umuman yoʻq

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Passport Index portali eng "nomehmondoʻst" davlatlar reytingini tuzdi. Ushbu reytingning ilk pogʻonasidan Afgʻoniston, KXDR, Somali, Suriya va Turkmaniston oʻrin olgan. Chunki bu davlatlarda vizasiz kirish tartibi haqida bitimlar umuman yoʻq, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Reytingning ikkinchi qatorini — Angola egalladi. Ushbu davlatda faqat namibiyalik sayyohlar uchun vizasiz kirish huquqi berilgan.

Uchinchi pogʻonadan — Butan, Ekvator Gvineyasi, Eritreya, Iroq va Liviya davlatlari oʻrin oldi. Ushbu davlatlarda faqatgina 3 ta davlatlardan sayohatchilarga vizasiz kirish tartibi joriy etilgan.

42 ta davlatlar bilan vizasiz kirish tartibi joriy etilgan Rossiya reytingda 83-oʻrinni egalladi.

Oʻzbekiston (54 ta davlat bilan vizasiz kirish tartibi joriy etilgan) reytingda 148-oʻrinda.

Ushbu roʻyxat jami 198 ta davlatlar haqidagi maʼlumot asosida tuzilgan.

Undan oldin Passport Index portali eng mehmondoʻst boʻlgan davlatlar roʻyxatini tuzgan edi. Ushbu reytingning dastlabki pogʻonasiga Komors orollari, Kot-d-Ivuar, Gvineya-Bisau, Madagaskar, Maldiv kiritildi. Bu davlatlarga kirishda hech qanday toʻsiqlar qoʻyilmagan.

Asosiy mavzular