KXDR Tramp tahdidlarini "it akillashi"ga o‘xshatdi

© Press-slujba prezidenta Ukraini / Mediabankka o‘tishTramp na vistuplenii OON
Tramp na vistuplenii OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti BMT minbaridan turib KXDR amerikaga tahdid soladigan bo‘lsa Koreyaning o‘zini yo‘q qilib tashlashi mumkinligini aytgan edi.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun kelgan KXDR Tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreyani umuman yo‘q qilib tashlashi mumkinligi haqidagi tahdidlariga keskin javob qaytardi. Bu haqda RIA Novosti "Renxap" agentligiga tayangan holda xabar qildi.

Prezident SShA Donald Tramp vstretilsya s liderami YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Trampning KXDRni yo‘q qilib tashlashi haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi

Xabarda aytilishicha, Li Yon Xo mehmonxona yonida to‘plangan jurnalistlarga murojaat qilib shunday degan: "Agar u bizni itning vovullashidan qo‘rqdi, deb o‘ylasa, u holda bu — orzudir".

Itning akillashi haqidagi so‘zlar «it huradi — karvon o‘tadi» maqolidan olinganligi deb yozilgan agentlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil sentabr boshida KXDR vodorod jangovar o‘qsiz bombani sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazilganligini ma’lum qilgan edi. Yaponiya va Janubiy koreya harbiylariga ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu bombaning quvvati 16 kilo tonnani tashkil etgan. Ushbu bomba 1945-yilda Xirosimo shahriga tashlangan atom bombasidan 10 barobar kattadir. Ushbu yadroviy sinovlar KXDR tarixida oltinchi marotaba o‘tkazilmoqda. Avgust oxirida esa Shimoliy Koreya ballistik raketalarning sinovini o‘tkazdi.

Bu sababli BMTning Xavfsizlik Kengashi bir ovozdan KXDRga qarshi yangi sanksiyalarni qo‘llagan edi. 2375-sonli rezolyutsiya XXI asrda BMTning eng og‘ir sanksiya rejimini joriy etdi.

Yangiliklar lentasi
0