14:36 24 Oktyabr 2017
Efir
Prezident Kirgizskoy Respubliki Almazbek Atambayev

Atambayev: Qozogʻiston oʻzining prezidentlikka nomzodini bizga tiqishtirishga harakat qilyapti

© Sputnik/ Aleksey Drujinin
Dunyoda
Havola olish
1022 0 0

Almazbek Atambayev qozoq hukumatini Qirgʻizistonning ichki ishlariga aralashuvda aybladi

TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Qozogʻiston rahbariyatini mamlakatda boʻlib oʻtishi kutilayotgan saylovlarga taʼsir oʻtkazishga urinishda aybladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Shanba kuni Qirgʻiziston davlat mukofotlarini topshirish marosimida Almazbek Atambayev, Qozogʻistonning hatti-harakatlariga qaramay, mamlakatda adolatli saylovlarni oʻtkazish niyatida ekanligini maʼlum qilgan.

"Men qozoq hukumati nima uchun oʻz nomzodini bizga tiqishtirishga harakat qilayotganini tushunaman. Ular Boqiyevni yaxshi koʻrishadi (Qirgʻizistonning sobiq prezidenti — tahr.). Boqiyevlar hanuzga qadar Qozogʻistonda bayramlar oʻtkazishadi", — deb aytgan Almazbek Atambayev.

Joriy yilning 19 sentyabrida Qozogʻiston prezidenti Qirgʻiziston prezidentlik saylovlariga oʻz nomzodini qoʻygan Omurbek Babanov bilan uchrashganidan soʻng Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi ushbu uchrashuv boʻyicha Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligiga norozilik notasini yuborgan edi.

Qirgʻiziston tomonidan ushbu uchrashuvning Qozogʻistonda keng yoritilishi Qirgʻiziston xalqi tanloviga taʼsir oʻtkazish hamda Qirgʻiziston Respublikasining ichki ishlariga aralashishga urinish sifatida baholangan.

Qirgʻiziston rahbari qozogʻiston boyliklari oʻmarib ketilayotganini va Qozogʻistonga qoʻshni davlatdagi demokratik oʻzgarishlar yoqmayotgani haqida bayonot qilgan.

Mujchina schitayet dengi
Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov
"Olma-Ota YAIMi Qirgʻizistonning jami YAIMidan 5 barobar koʻp. Qozogʻiston YAIMi Qirgʻiziston YAIMidan 20 marta koʻp. Qozogʻiston yalpi mahsulotlari Qirgʻizistonnikidan 210 marta koʻproq. Nega unda Qozogʻistondagi pensiyalar 10 barobar emas, 1,5 barobar koʻp?", — deb savol bergan Atambayev.

"Agar bizning qoʻshnilarimiz oʻzlariga kelib olishmasa men boshqacha gapiraman. Men haqparvar prezident sifatida namuna koʻrsatganimdan faxrlanaman", — xulosa qilgan Atambayev.

Qirgʻizistondagi prezidentlik saylovlari 15 oktyabrda boʻlib oʻtadi. Qirgʻiziston Konstitutsiyasiga muvofiq Atambayev takroran prezidentlikka oʻz nomzodini koʻrsata olmaydi.

Asosiy mavzular