14:09 16 Dekabr 2017
Efir
Amerikanskiy milliarder i televeduщiy Donald Tramp

Senator Korker: Tramp harakatlari uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin

REUTERS/Lucas Jackson
Dunyoda
Havola olish
700 0 0

Senatorga koʻra, Tramp Twitterdagi yozuvlari orqali AQShning diplomatik urinishlariga koʻplab marotaba ziyon yetkazgan

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Amerikalik respublikachi-senator, Xalqaro ishlar boʻyicha qoʻmita rahbari Bob Korker New York Times nashriga bergan intervyusida AQSH prezidenti Donald Tramp, boshqa davlatlarga tahdid qila turib, mamlakatni "uchinchi jahon urushi yoʻliga" chiqarishi mumkinligini aytdi.

Senatorning fikricha, Tramp Oq uyda egallab turgan lavozimiga goʻyoki realiti shouga nisbatan munosabatda boʻlmoqda. "U meni tashvishga solyapti. U millatimizga befarq boʻlmagan har qanday insonni tashvishga soladi" — deb taʼkidladi Korker.

Senatorga koʻra, Tramp Twitterdagi yozuvlari orqali ham AQShning diplomatik urinishlariga koʻplab marotaba ziyon yetkazgan. "Bir necha holatlarda u oʻzining tvitlari bilan boʻlib oʻtayotgan muzokaralarga zarar yetkazgan", — deb aytgan senator aniq misollarni keltirmagan holda.

Ilgariroq Bob Korker 2018 yilda boʻlib oʻtadigan saylovlarda uchinchi bor olti yillik muddatga saylanmasligini maʼlum qilgan edi. Donald Tramp Korkerning ushbu qaroridan soʻng Twitterda saylovlarda ishtirok etish uchun senatorning "ichagi ingichkalik" qilishini yozdi. Oq uy rahbari shuningdek, Davlat kotibi lavozimini soʻragan Korkerga rad javobini berganligini va uni Eron bilan yadro kelishuvida ayblaganini qoʻshimcha qilgan.

Trampning ushbu xabarlariga javob tarzida Korker oʻz Twitterida Oq uy "kattalar uchun bolalar bogʻchasi"ga aylanganini maʼlum qilgan.

Soʻngi vaqtlarda AQSH va Shimoliy Koreya oʻrtasida keskin bayonotlar "almashuvi" roʻy bermoqda. Qoʻshma Shtatlar prezidenti BMT minbaridan turib "agar KXDR AQShga tahdid qiladigan boʻlsa, uni toʻliq yoʻq qilishini" aytib tahdid qildi. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bunga javoban tarixdagi eng keskin javob choralarini qoʻllashga vaʼda berdi.

Asosiy mavzular